Ukrainada uruşning 146-kuni yakunidagi ma’lumotlar
- Donetsk oblastidagi janglarda Şvetsiyadan kelgan ofitser halok böldi.
- Zaporijjya oblastida Rossiya va Ukraina örtasida «45 ga 45» formulasida jasadlarni almaşuv jarayoni ötkazildi.
- Kramatorsk markazi öqqa tutildi. Donetsk oblasti ma’muriyati rahbari ma’lumotiga köra, bir kişi halok bölib, olti kişi yaralangan.
- Sergey Sobyanin, Vladimir Maşkov, Sergey Bezrukov, şuningdek «Noçniye volki» baykerlar klubi Yevropa Ittifoqining yangi sanksiyalariga duçor böldi. Şu bilan birga, YeI Rossiyaning bir qator banklariga çeklovlarni yumşatişni rejalaştirmoqda.
- Ukraina Oliy radasi Ivan Bakanov va Irina Venediktovani UXX boşliği va mamlakat boş prokurori lavozimlaridan böşatdi. Volodimir Zelenskiy UXX boşliği örinbosari Volodimir Gorbenkoni işdan oldi va idoraning beşta oblastdagi boşqarmalari rahbarlarini özgartirdi.
- Sönggi ma’lumotlarga köra, Vinnitsada rossiyaliklar raketa zarbasidan qurbonlar soni 25 kişini taşkil etmoqda. Ular orasida — Ukraina harbiy-havo kuçlarining uç nafar ofitseri ham bor.
- Reuters ma’lumotiga köra, Rossiya gazi «Şimoliy oqim — 1» gaz quvuri orqali Yevroittifoqqa yetkazilişi 21 iyuldan tiklanadi. Yevroittifoq Rossiya gaz uzatişni butunlay töxtatişidan xavfsirayotgandi.
Quyida 19 iyul kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.
Xerson

Odessa

Dnepr

Rossiyaning 15 iyul, juma kungi hujumidan keyin Dneprdagi turar joy binosi. Zarba oqibatida şaharning öng sohildagi qismi suv ta’minotisiz qolgan. 16 iyul kuni şahar rasmiylari uç kişi halok bölgani va 16 kişi yaralangani haqida xabar berdi. Rossiya mudofaa vazirligi ma’lumotiga köra, zarba oqibatida «Janubiy maşinasozlik zavodi» mudofaa korxonasining «Toçka-U» ballistik raketalari uçun butlovçi qismlar hamda baravar öt oçiş tizimlari uçun snaryadlar işlab çiqariş va ta’mirlaş ustaxonalari vayron bölgan. Dnepropetrovsk oblasti ma’muriyati rahbari Valentin Rezniçenkoning xabar qilişiça, sanoat korxonasi va yaqin atrofdagi köça öqqa tutilişdan şikastlangan, bu qanday korxona ekaniga aniqlik kiritilmagan.
Donbass şimoli


Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA

Igor Tkachev / AFP / Scanpix / LETA


Miguel Medina / AFP / Scanpix / LETA

Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Nariman El-Mofty / AP / Scanpix / LETA

Miguel Medina / AFP / Scanpix / LETA

Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Xarkiv oblasti

Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETA












