Fojia 19 iyul kuni yuz bergan. Toğli hududda xizmat vazifasini ötayotgan çegaraçiga yirtqiç qöqqisdan hujum qilgani aytilmoqda. Qirğiziston davlat xavfsizlik qömitasi Çegara xizmati xabariga köra, ayiq bilan olişuv davomida jarohat olgan 31 yaşar harbiy şoşilinç tibbiy yordam körsatilganiga qaramay vafot etgan.
Yirtqiç hujumi qurboni bölgan çegaraçi şartnoma asosida xizmat qilayotgan serjant ekani oçiqlangan. Harbiy tuzilmalar hodisa joyida tergov olib borişmoqda.
Şu yilning aprel oyida Toşkent tumanida uyda boqilayotgan Afrika şeri 3 yoşli bolaning boşi va yelkasidan tişlab olib, salomatligiga jiddiy ziyon yetkazgandi.
Avvalroq Hindistonda ketma-ket uç kişining umriga zomin bölgan yölbars umrbod ozodlikdan mahrum etilgandi. Tojikiston şarqida esa börilar ikki ayolni ğajib taşlagandi.












