“Xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka öqitiş tizimini takomillaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Yoşlar va xotin-qizlar uçun kasb-hunar va tadbirkorlik böyiça öquv kurslari xarajati 70 foizi, lekin 1 mln sömdan oşmagan qismi kompensatsiya qilib beriladi.

“Ayollar daftari”, “Yoşlar daftari” va “Temir daftar”ga kiritilgan yoşlar va xotin-qizlar kasb-hunarga, tadbirkorlikka Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida töliq bepul öqitiladi. Öquv kurslarini yakunlagan işsiz xotin-qizlar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan mavjud böş iş örinlariga joylaştiriladi.

Tadbirkorlik yönalişi böyiça öquv kurslarini yakunlagan xotin-qizlarga tadbirkor sifatida davlat röyxatidan ötişidan boşlab, öz faoliyatini mustaqil olib borişiga qadar bölgan jarayonda hokim yordamçilari tomonidan tizimli ravişda amaliy yordam körsatib boriladi.

Mehnatga layoqatli, nogironligi bölgan xotin-qizlarni iş bilan ta’minlagan iş beruvçilar uçun 6 oy davomida har oyda 600 ming sömdan kam bölmagan miqdorda subsidiya ajratiladi.