Qömita ma’lumotlariga köra, Özbekistonga 2022 yilning yanvar-iyun oylarida xorijdan qiymati 94,2 mln AQŞ dollariga teng bölgan 1 330 910 dona mobil telefon import qilingan.
Telefon importi 2021 yilning mos davri bilan soliştirilganda 294 508 donaga oşgan. Özbekiston 10 ta davlatdan telefon import qilgan.
Özbekiston 6 oy mobaynida mobil telefonlarni eng köp import qilgan davlatlar:
- Xitoy – 1 mln dona;
- Vetnam – 137 149 dona;
- BAA – 94 565 dona;
- Hindiston – 90 679 dona;
- Qozoğiston – 4 109 dona;
- Koreya – 1 914 dona.
Oylar kesimida telefon importi:
- yanvar – 129 766 dona;
- fevral – 284 461 dona;
- mart – 286 056 dona;
- aprel – 276 362 dona;
- may – 124 393 dona;
- iyun – 229 872 dona.












