Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent şahrida avtobuslar konditsionerni işlatmayotgani haqida post joylaştirildi. «Toşşahartransxizmat» holat böyiça rasmiy ma’lumot berdi.
Bildirilişiça, hozirgi kunda jamiyat tasarrufidagi avtobus va elektrobuslardan 271 tasi salonni sovitiş tizimi bilan jihozlangan. Ularning iqlim nazorati tizimlari va havoni tozalab beruvçi filtrlari talab darajasida işlaşi doimiy nazoratdan ötkazilmoqda.
“Şu kunlarda kuzatilayotgan anomal issiq ob-havoda saloni sovitiş tizimi bilan jihozlanmagan avtobuslarda harakatlanayotgan yölovçilar orasida suvsizlaniş va huşdan ketiş kabi köngilsiz holatlar oldini oliş maqsadida yölovçilarga bepul mineral suvlar tarqatilmoqda”, deyiladi ma’lumotda.
Qayd etilişiça, barça avtobus saroylari rahbarlariga yönaliş vaqtida haydovçilar avtobus va elektrobuslarda mavjud salonni sovitiş tizimi (konditsioner)ni yoqib olgan holda harakatlanişni hamda salonni sovitiş tizimida texnik nosozliklar uçragan vaqtda darhol uni bartaraf etiş çoralarini körişlari yuzasidan maxsus körsatmalar berilgan.
Prezidentning «Toşkent şahar jamoat transporti tizimini yanada rivojlantirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qaroriga asosan xarid qilinayotgan harakat tarkibi (avtobus va elektrobuslar) salonni sovitiş tizimi bilan töliq jihozlangani aytiladi.
Yuqoridagi kabi holatlar kuzatilgan taqdirda «Toşşahartransxizmat»ning qisqa raqamli 1062 işonç telefoni orqali murojaat qiliş söralgan.












