Maşğulotlar davomida KXŞTga a’zo davlatlar maxsus kuçlarining birlaştirilgan guruhlari jinoiy tödalar, terroristik guruhlarni qidiriş, töxtatiş qiliş va zararsizlantiriş, şuningdek, narkotik moddalar kontrabandasi kanallarini tösib qöyiş hamda saqlaş joylari, laboratoriyalarni aniqlaş böyiça öquv va amaliy tezkor-jangovar vazifalarni bajaradi. 

Bundan taşqari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi bölinmalari tomonidan aksilterror operatsiyasi davomida yuzaga kelgan oqibatlarni bartaraf etiş böyiça vazifalar işlab çiqiladi. 

Maşğulotlar rejasiga köra, KXŞT operativ ştabi bilan maxsus operatsiyani rejalaştiriş, özaro hamkorlikni taşkil etiş hamda turli kuçlar va vositalarni boşqariş böyiça qömondonlik-ştab öquv maşğulotlarini ötkaziş közda tutilgan. 

Maşqlar yakunida maşğulotlar iştirokçilari jamoalari örtasida turli qurol turlaridan öq otiş musobaqalari taşkil etiladi.