Prezident “Tadbirkorlik sub’yektlari bilan samarali muloqot tizimini joriy etiş va ularning huquqiy himoyasini yanada kuçaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmonni imzoladi.

Prezident huzuridagi tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça vakil, Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasining “business.gov.uz” yagona interaktiv portalini quyidagi imkoniyatlarga ega bölgan “Tadbirkor virtual ofisi” axborot portaliga aylantiriş töğrisidagi taklifiga rozilik berildi:

  • tadbirkorlik sub’yektlarining murojaatlarini keça-yu kunduz qabul qiliş, hal etiş va uşbu jarayonlarni nazorat qiliş;
  • davlat organlari va taşkilotlari hamda tadbirkorlik sub’yektlari örtasida tematik onlayn muhokamalar va sörovnomalar ötkaziş orqali tadbirkorlik faoliyatiga tösqinlik qilayotgan tizimli muammolarni aniqlaş va ularni bartaraf etiş böyiça takliflarni şakllantiriş;
  • qonunçilikni takomillaştiriş yuzasidan tadbirkorlik sub’yektlarining jamoaviy murojaatlarini qabul qiliş;
  • tadbirkorlik sub’yektlari uçun zarur bölgan xizmatlardan foydalaniş, şu jumladan, litsenziya va ruxsat beriş xususiyatiga ega hujjatlar, kredit, subsidiya, kompensatsiya hamda kafilliklar oliş, soliq va bojxona ma’muriyatçiligini amalga oşiriş imkonini beruvçi axborot tizimlari bilan ulaniş.

2022 yil 1 avgustdan şunday tartib örnatiladiki, unga muvofiq:

a) portalga quyidagilar tomonidan murojaatlar kiritiladi:

  • tadbirkorlik sub’yektlari;
  • Savdo-sanoat palatasi huzuridagi “Sall-markaz” xizmati;
  • Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qiliş böyiça vakil – tadbirkorlardan sayyor qabullarda kelib tuşgan murojaatlar asosida;
  • mahallada tadbirkorlikni rivojlantiriş, aholi bandligini ta’minlaş va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça tuman (şahar) hokimlarining yordamçilari. Bunda, hokim yordamçilari tadbirkorlik sub’yektlarining murojaatlarini mahallaning özida körib çiqiş va hal etiş çoralarini köradi, mahalla darajasida hal etiş imkoniyati mavjud bölmagan murojaatlarni portalga kiritadi;

b) portalga kiritilgan murojaatlar avtomatik ravişda yoki tadbirkorlarning huquqlarini himoya qiliş böyiça vakil tomonidan (murojaatda vakolatli organ körsatilmaganda) tegişli vakolatli organlarga körib çiqiş va hal etiş uçun yönaltiriladi;

v) vakolatli organlar portal orqali kelib tuşgan murojaatlarni qonunçilikda belgilangan tartibda va muddatlarda körib çiqadi hamda natijalari töğrisida axborotni portalga kiritadi;

g) tadbirkorlarning huquqlarini himoya qiliş böyiça vakil:

portalga kiritilgan murojaatlarni körib çiqiş tartibi va muddati ustidan raqamli nazorat örnatadi hamda qonunbuziliş holatlari böyiça tegişli ta’sir çoralarini qöllaydi;

Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda murojaatlar tahlili asosida hududlar va sohalar kesimida tadbirkorlikni rivojlantiriş böyiça prezident administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga har oyda takliflar kiritib boradi.