28 iyul kuni Rossiya Baxmut şahriga tört bor raketa zarbalari yölladi — uç kişi halok bölib, uç kişi yaralangani, turar joy binolari vayron bölgani xabar qilingan. Amerikadagi Uruşlarni tadqiq qiliş institutiga köra, rossiyalik harbiylar uşbu şaharni egallaş uçun yuriş boşlagan. Ukraina Boş ştabi ham 29 iyul tongida, uruşning 156-kunida bergan hisobotida rossiyalik harbiylar Baxmut va Donetsk tomon yuriş qilayotgani aytilgan. Bu hujumlar hozirça qaytarilmoqda. Bu vaqtda Kiyev va Mikolayiv oblastlariga zarbalar davom etmoqda. Ukraina tomoni ham rossiyaliklarning front ortidagi omborlariga zarbalar yöllamoqda: Donetsk yaqinidagi Ilovaysk şahri hamda Xerson oblastidagi Brilyovka stansiyasida portlaşlar röy bergan.

Quyida 28 iyul kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Kiyev

Orqa fonda — rossiyalik harbiylarning raketa zarbasidan kötarilgan tutun. Kiyev oblastining Vişgorodskiy rayoniga zarba berildi. Oblast politsiyasi rahbari Ondriy Nebitovning sözlariga köra, «infratuzilma obekti» öqqa tutilgan. Kamida 15 kişi jarohatlangan.
David Goldman / AP / Scanpix / LETA

 Mikolayiv

Mikolayivlik kişi rossiyalik harbiylarning raketa zarbasidan şikastlangan maktab binosi yaqinida. Hujum oqibatida şahardagi omborxona vayron bölgan, qöriqçi yaralangan. Foto: Mykola Tymchenko / Reuters / Scanpix / LETA

Donbass şimoli

Baxmutlik kişi köçada ovqat pişirmoqda. U elektr va gaz bölmasa-da, öz şahrida qolişga qaror qilgan, lekin öz uyi yertölasiga köçib ötgan.
Bulent Kilis / AFP / Scanpix / LETA
Baxmutlik ayol singan deraza romini kötarib ketmoqda — Rossiya raketasi uning uyi oldiga tuşgan. 28 iyul kuni Rossiya harbiylari şaharni bir kunda tört marta öqqa tutdi. Uç kişi halok bölgani va uç kişi yaralangani aytilmoqda. Şuningdek, oltita köp qavatli uy va oltita xususiy uy şikastlangan.
Bulent Kilis / AFP / Scanpix / LETA
Rossiyaliklar zarbalari oqibatida halok bölgan tinç aholi vakili. Amerikadagi Uruşlarni tadqiq qiliş instituti (ISW) yozişiça, şarqiy yönalişda Rossiya qöşinlari Severskni egallaşga bölgan urinişlarning intensivligini kamaytirib, Baxmutga hujum uçun jamlangan bölişi mumkin.
Diego Herrera Carcedo​ / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Baxmutda halok bölgan tinç aholi vakili
Diego Herrera Carcedo​ / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Öt öçiruvçilar öqqa tutilgan uydagi yonğinni öçirmoqda. 28 iyul kuni Rossiya mudofaa vazirligi xabarida aytilişiça, raketa hujumining nişoni 72-mexanizatsiyalaşgan brigada bataloni vaqtinça joylaştirilgan nuqta bölgan. Rossiya rasmiylariga köra, şaxsiy tarkibda 70 nafarga yaqin odam halok bölgan, kamida beşta zirhli texnika yöq qilingan. Rossiya mudofaa vazirligi qurbonlar orasida qança tinç aholi borligi haqida ma’lumot bermadi.
Diego Herrera Carcedo​ / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ukraina favqulodda vaziyatlar böyiça davlat xizmati xodimi Baxmutga taşlangan bombalar qoldiqlarini közdan keçirmoqda.
Diego Herrera Carcedo​ / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press