Uning sözlariga köra, JSST bir neça oy içida COVID pandemiyasining tugaganini e’lon qilişi mumkin.

«Pandemiya davom etmoqda va hali ança uzoq davom etadi, ammo men Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti pandemiya tugaganini e’lon qilişi mumkinligini istisno qilmayman, lekin yaqinda emas, menimça, bu yana bir neça oy davom etadi», dedi ekspert. 

Avvalroq JSST 18 iyuldan 24 iyulgaça COVID-19 bilan kasallaniş Yevropa, Amerika va Afrikada mos ravişda 24, 12 va 44 foizga kamaygani, boşqa hududlarda esa oşgani haqida xabar bergan edi. Tinç okeanining ğarbiy qismida istiqomat qiluvçilar köproq kasallanişni boşladi (52 foizga).  

Ötgan hafta davomida koronavirus infeksiyasi bilan kasallaniş darajasi unçalik özgarmadi, bemorlarning ölim darajasi bir xil darajada saqlanib qoldi.

Oxirgi haftada dunyo böylab jami 6,6 milliondan ortiq yangi COVID-19 holatlari aniqlandi. Umuman olganda, pandemiya davrida dunyoda 567 milliondan ortiq COVID-19 infeksiyasini yuqtirib oliş va 6,3 milliondan ortiq ölim holatlari qayd etildi.