Uy-joy fondi inspeksiyasi tomonidan Samarqand viloyati Narpay tumanidagi yangi qurilgan köp kvartirali uyning qurilişi yakunlanmagani sababli foydalanişga qabul qiliş rad etilgan. Biroq Samarqand viloyati Quriliş sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan uşbu uyga aholi foydalanişi uçun ijobiy xulosa berilgan. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati Kun.uz'ga ma’lum qildi.

Qonunçilikka köra, köp kvartirali uylarni foydalanişga qabul qiliş jarayonida talablarga javob bermagan obektlar (loyiha hujjatlariga muvofiqligi) yuzasidan Uy-joy fondi inspeksiyasining salbiy xulosasi inobatga olinişi kerak.

Biroq Samarqand viloyati Quriliş sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan yangi uy qonunga zid tarzda foydalanişga qabul qilingani ma’lum böldi.

Rasmiy xabarga köra, uy-joy fondi inspeksiyasi mazkur köp qavatli uyni quyidagi sabablarga köra foydalanişga qabul qilişni rad etgan bölgan:

  • obektning quriliş işlari yakunlanmagani (fasad qismi pardozlanmagani);
  • obodonlaştiriş işlari amalga oşirilmagani;
  • loyihada közda tutilgan bolalar maydonçasi mavjud emasligi va boşqa kamçiliklar.

"Bitmagan uyga köçib kirgan aholi bu yerdagi muammolarni bartaraf etiş uçun eşikma-eşik kirib çiqib çarçaşi tabiiy. U vaqtda esa quruvçi ham, quruvçiga “krişa” bölgan inspektor (GASN) ham mazza qilib yurgan böladi. Jabrini bitmagan uy olgan oddiy aholi tortadi", – deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinişiça, oxirgi uç oyda Uy-joy fondi inspeksiyasi pudrat taşkilotlari tomonidan qurib foydalanişga topşirilgan 165 ta uydan:

  • 80 tasiga ijobiy xulosa bergan;
  • 13 tasi örganiş jarayonida;
  • 72 tasi töliqligiça bitkazilmasdan foydalanişga topşiriş uçun ariza yöllangani sababli rad etilgan.