Tayvan hukumati Xitoy bilan munosabatlar keskinlaşişi fonida orolning yirik şaharlarida bombapanohlarni şay holatga keltira boşladi, deb xabar berdi Reuters.

Xabarda aytilişiça, odamlar raketa zarbasi berilgan vaqtda yaşirinişi mumkin bölgan joylar belgilab çiqilmoqda. Hukumatning fikriça, nafaqat maxsus bunkerlar, balki yerosti avtoturargohlari, metro va savdo markazlarining yerosti qavatlari ham bombapanoh vazifasini bajarişi mumkin.

Taybeyda 4600dan ortiq ana şunday obektlar bölib, ularga poytaxt aholisidan tört baravar köp - 12 mln nafarga yaqin odam joylaşişi mumkin, deb yozadi Reuters.

Taybey fuqarolari smartfondagi ilova yordamida ham yaqin-atrofdagi bombapanoh qayerdaligi töğrisida ma’lumot olişlari mumkin.

AQŞ Kongressi vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Tayvanga taşrifi fonida Vaşington va Pekin örtasidagi ziddiyat tobora kuçayib bormoqda.

Xitoy hukumati bir neça bor AQŞni Pelosining Tayvanga taşrifini bekor qilişga çaqirdi.

Germaniyaning dpa agentligi Tayvan parlamentidagi manbalarga tayanib xabar berişiça, Nensi Pelosi Taybeyga 2 avgust kuni mahalliy vaqt bilan soat 22:30 (Toşkent vaqti bilan 19:30)lar atrofida qönişi mumkin.