Yagona maktab formasining majburiy joriy etiş keçiktirilganiga qaramay, ayrim maktablarda mas’ullar öquvçilarni sotib olişga undamoqda.

Kun.uz'ga murojaat qilgan fuqaroning sözlariga köra, Toşkent şahri Mirobod tumanidagi maktablardan birining öqituvçisi Telegram'dagi guruhda maktab uçun öquvçilarga forma oliş majburiy ekanini yozgan.

Holat yuzasidan Kun.uz'ga izoh bergan xalq ta’limi vazirining matbuot kotibi Laylo Rustamovaning aytişiça, maktab ma’muriyati va öqituvçilar yagona maktab formasini tarğib qilişi mumkin. Biroq öquvçi tasdiqlangan namunadagi yagona formani kiymagan taqdirda, uni maktabga kirgizmaslikka heç kimning haqqi yöq.

“Xalq ta’limi vaziri bayonotining mazmuni bilan yana bir bor tanişib çiqqan holda, 2022/23 öquv yilida maktab öquvçilarining ta’lim muassasalariga maktab formasida kelişlari tartibi bekor bölmaganini, aksinça, köp sonli aholining taklif va iltimoslariga köra, maktab formasini töliq joriy etiş 2025 yilga qadar bosqiçma-bosqiç amalga oşirilişiga alohida e’tibor qaratişingiz söraladi.

Şu örinda maktab jamoasi öquvçilarning maktab ustavida belgilangan kiyiniş talablariga, xususan içki tartib va odob-ahloq qoidalariga rioya etiş könikmalarini mustahkamlaş, ijtimoiy tenglikni ta’minlaş maqsadida öquvçilarning maktab formasida kelişlari talabi bekor bölmagani inobatga olişingizni, amaliyotga töliq joriy etiş bosqiçma-bosqiç olib borilayotganini, öquvçilarning maktab formasida kelişlari maktab rahbariyati nazoratida va bu haqda ota-onalarga tegişli tuşuntiriş va tarğibot işlari olib borilişi mumkin”, – dedi Laylo Rustamova.

Eslatib ötamiz, maktablarda yagona formani joriy etiş 2024/25 öquv yiligaça bosqiçma-bosqiç amalga oşirilişi aytilgan, biroq bu bosqiçlar qanday bölişi haqida hozirça ma’lumot berilmadi.