Yevrokomissiya (YeK) 1 avgust, duşanba kuni Ukrainaga makromoliyaviy yordam sifatida 500 mln yevro yubordi, deb xabar beradi YeK sayti. Bu paketning birinçi yarmi bölib, uning umumiy miqdori 1 mlrd yevroni taşkil etadi. Ikkinçi tranş 2 avgust kuni yuboriladi. 

Yangi makromoliyaviy yordam körsatiş töğrisidagi qaror Yevroparlament va YeI kengaşi tomonidan 2022 yil 12 iyulda qabul qilingan. U 2022 yil 18 maydagi YeK xabarida e’lon qilingan va 2022 yil 23-24 iyun kunlari Yevropa kengaşi tomonidan tasdiqlangan 9 mlrd yevrogaça bölgan favqulodda makromoliyaviy yordam paketining birinçi qismidir. 

Yangi yordam YeI tomonidan yilning birinçi yarmida Ukrainaga taqdim etilgan yordamga, şu jumladan 1,2 mlrd yevrolik favqulodda kreditga qöşiladi. Şu tariqa, uruş boşlanganidan beri Ukrainaga berilgan makromoliyaviy yordamning umumiy miqdori 2,2 mlrd yevroga yetadi. 

Mablağlar Ukrainaga imtiyozli şartlarda uzoq muddatli kreditlar körinişida taqdim etiladi. Ular Ukrainaga «Rossiyaning asossiz tajovuzidan söng şoşilinç moliyaviy ehtiyojlarini qondirişga» yordam beriş uçun möljallangan, deyiladi xabarda. 

Ukraina boş vaziri Denis Şmigal YeIdan yangi makromoliyaviy yordamning birinçi tranşi olinganini tasdiqladi. Uning sözlariga köra, Milliy bank hisobiga 500 million yevro tuşgan, ikkinçi tranş esa 2 avgust kuni kelişi kutilmoqda. 

«1 mlrd yevro - Ukrainaga uruşning moliyaviy oqibatlarini bartaraf etişda jami 9 mlrd yevrolik katta yordam paketi bir qismi. Mablağlar ustuvor budjet ehtiyojlarini moliyalaştirişga yordam beradi», deb yozdi Şmigal Telegram’da. U YeIga uşbu yordam uçun minnatdorçilik bildirib, uni «umumiy iqtisodiy-moliyaviy barqarorlik va xavfsiz kelajakka qöyilgan muhim sarmoya» deb atadi.