Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi yaqin vaqt içida Tayvan markazi Taybey şahriga taşrif buyuradi. Uning bu yerga kelişi haqida rasman anons qilinmagan.

Ayni vaqtda Pelosining samolyoti Tayvan havo kengliklariga kirgan, unga Tayvan qiruvçi samolyotlari hamrohlik qila boşlagan. 

Flightradar'ning ma’lum qilişiça, bortida Nensi Pelosi bölgan samolyot Toşkent vaqti bilan soat 19:43da Tayvanga yetib boradi.

Bu AQŞning bu kabi yuqori martabali amaldori sönggi ön yilliklarda ilk bor Tayvanga kelişi böladi.

Spikerning uşbu orol davlatga taşrif buyuriş böyiça rejalari orolni özining ajralmas qismi deb hisoblaydigan Xitoyda keskin norozilik uyğotdi va rasmiy Pekin tomonidan tahdidlar yangray boşladi, şuningdek, Pelosi va uşbu taşrifni ma’qullamagan prezident Bayden örtasida tuşunmovçilik yuzaga keldi.

XXR rasmiylari bir neça bor Vaşingtonni bunday taşrif oqibatlaridan ogohlantirdi, seşanba kuni esa AQŞ buning uçun tölov qilişini bildirdi.

E’lon qilinmagan taşrif

Pelosi xonim seşanba kuni Malayziyaga keldi, Osiyo böylab turne bir kun oldin Singapurdan boşlangandi. Uning ofisida u Janubiy Koreya va Yaponiyaga ham borişini ma’lum qilişgan, ammo Tayvanga taşrif tilga olinmagan.

Reuters agentligi vaziyatdan xabardor manbalariga tayanib xabar berişiça, Pelosi çorşanba kuni faollar bilan uçraşişni rejalaştirgan. Uçraşuv, katta ehtimol bilan Nyu-Taybeydagi Inson huquqlari milliy muzeyida taşkillaştiriladi.

Pelosining uçraşuvlarining katta qismi, xususan Tayvan prezidenti Tsay Inven bilan uçraşuvi çorşanba kuniga rejalaştirilgan.

Tayvan taşqi işlar vazirligi Pelosining taşrifi haqidagi xabarlarni izohlamagan.

«Boriş huquqiga ega»

Pelosining taşrifi - Oq uy uçun katta diplomatik boş oğriq böldi. Prezident Jo Bayden ayni vaqtda amerikalik harbiylar Pelosining Tayvanga taşrifi «unça ham yaxşi ğoya emas deb hisoblaşi»ni aytgandi.

Nensi Pelosi - AQŞ hokimiyat tuzilmasidagi uçinçi raqamli şaxs hisoblanadi. Davlat rahbari va vitse-prezident öz majburiyatlarini bajarişga layoqatli bölmay qolgan taqdirda, mamlakat boşqaruvi Vakillar palatasi spikeri qöliga ötadi.

Baydenning ma’muriyati Pelosining orolga taşrifini rasman qöllab-quvvatlamagan. Ammo duşanba kuni Milliy xavfsizlik kengaşi matbuot kotibi Jon Kirbi Pelosi Tayvanga boriş huquqiga egaligi, Oq uy esa AQŞ Kongressi mustaqilligini hurmat qilişini aytdi.

«Spiker Tayvanga taşrif buyuriş huquqiga ega. AQŞning köp yillik siyosatiga muvofiq, Pekinda uşbu ehtimoliy taşrifni qandaydir inqirozga aylantiriş uçun heç qanday sabab yöq», dedi u jurnalistlarga.

Kirbining sözlariga köra, Pelosining ehtimoliy taşrifi AQŞning Tayvanga nisbatan siyosatini özgartira olmaydi va Pekindagilar AQŞ hokimiyatidagi vakolatlar taqsimlanişi Pelosi taşrif böyiça mustaqil qaror qabul qilişini anglatişini töğri tuşunişi kerak.

U Pelosi Amerika harbiy-havo kuçlari samolyotida safar qilayotgani, va bu - Vaşington töğridan töğri hujumdan xavfsiramayotgan bölsa-da, notöğri hisoblaş yoki xato qiliş xavfini oşirişini aytib ötdi.

Kirbining sözlariga köra, Pekinning reaksiyasi Tayvan atrofiga raketa uçiriş, havoda yoki dengizda yirik harbiy amaliyotlar ötkaziş yoki orolni Xitoyning materikdagi qismidan ajratib turuvçi Tayvan böğozi xalqaro suv yöli emasligini da’vo qiliş bilan keçişi mumkin.

«Biz qarmoqqa ilinmaymiz va qurollarni yalanğoçlamaymiz. Şu bilan birga, bizni qörqitib bölmaydi», degan Kirbi.

Harbiy faollikning oşişi

Xitoy harbiy samolyotlari allaqaçon Tayvan böğozini ajratib turuvçi çiziq böylab bir neça bor namoyişkorona parvozlarni amalga oşirdi. Xitoyliklarning bir qança harbiy kemalari 1 avgustdan buyon Xitoy va Tayvan örtasidagi norasmiy çegara çiziği yaqinida turibdi.

China Times xabariga köra, xitoyliklarning aviataşuvçilari «Lyaonin» va «Şandun» joylaşuv portlaridan dengizga çiqqan.

Reuters ma’lumotiga köra, xitoyliklarning qiruvçi samolyotlari bir neça bor taktik manyovrlar amalga oşirişgan, bir muddat tutaşuv çiziğiga «tegib ötgan» va böğozning Xitoy nazoratidagi hududiga qaytgan. Tayvan qiruvçilari ham öz tomonidagi havo kengligida navbatçilik qilmoqda.

Odatda ikki tomonning samolyotlari ham şartli çiziqni kesib ötmaydi.

Seşanba kuni Tayvan mudofaa vazirligi Tayvan yaqinidagi harbiy manyovrlardan töla xabardor ekan va «duşman tahdidlari»ga munosib tarzda javob qaytarilişini ma’lum qildi.

Xitoy janubi-şarqidagi Syamen şahri aholisi (bu şahar Tayvanga parallel joylaşgan) seşanba kuni hududda zirhli texnikalar faollaşgani haqida xabar berib, internetga bu haqdagi fotosuratlarni joylagan.

Tahdid va ogohlantirişlar

Duşanba kuni Xitoy taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili Çjao Litszyan Pelosining Tayvanga taşrifi Xitoy içki işlariga qöpol aralaşuv bölişini aytdi va Xitoy xalq-ozodlik armiyasi qöl qovuştirib ötirmasligidan ogohlantirdi.

Ötgan payşanba kuni ikki soatdan ortiq davom etgan telefon muloqoti çoğida XXR raisi Si Jinping Jo Baydenni Vaşington yagona Xitoy tamoyilini hurmat qilişi kerakligini aytib, «olov bilan öynaşgan olovda kuyib qolişi»dan ogohlantirgandi.

Bayden bunga javoban Sini AQŞning Tayvan böyiça siyosati özgarmasligiga işontirgan, şu bilan birga Vaşington orolning status-kvosini kuç bilan özgartiriş yoki Tayvan böğozidagi tinçlik va barqarorlikka putur yetkazişga qaratilgan bir tomonlama sa’y-harakatlarga keskin qarşilik körsatişini ta’kidladi.

Seşanba kuni Xitoy taşqi işlar vazirligi yuqori martabali mulozimning taşrifi AQŞ bilan boğliq körilişini aytib, Vaşington mazkur masalaning jiddiyligi va nozikligini tuşuna olişiga umid bildirdi.

Pekin Tayvanni öz hududi deb biladi va doim orolni kuç bilan öz nazoratiga oliş niyatini yaşirmaydi. Tayvan Xitoyning suverenitet haqidagi da’volarini rad etadi va orol taqdirini faqat uning xalqi hal qilişi mumkinligini bildiradi.

Xitoy AQŞ rasmiylarining Tayvanga taşrifini orolda mustaqillik tarafdorlari lageri rağbatlantirilişi sifatida köradi. Vaşington Tayvan bilan rasman diplomatik aloqalar örnatmagan, ammo Amerika qonunçiigi orolga özini özi mudofaa qiliş vositalari yetkazib berişni talab qiladi.

Kirbi Vakillar palatasining Respublikaçilar partiyasidan bölgan spikeri Nyut Gingriç Tayvanga 1997 yilda taşrif buyurgani, boşqa amerikalik qonunçilar orolda öşa yil boşida bölişganini qayd etadi.

«Heç narsa özgarmadi. Bu yerda heç qanday dramaga örin yöq. Vakillar palatasi spikeri Tayvanga borişi avval röy bermagan hodisa emas», deydi u.

Ammo Xitoyning BMTdagi elçisi Çjan Tszyun Pelosining hozirgi taşrifi bilan 1997 yilgi taşrifni taqqoslab bölmasligini va hozirgisi provokatsiya ölaroq körilişini aytadi. U agar bu röy bersa, Xitoy öz suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qiliş uçun qat’iy çoralarga qöl urişini ta’kidlagan.

BMTda çiqiş qilgan AQŞ Davlat kotibi Entoni Blinken Xitoyni Pelosining taşrifi masalasida bosiq bölişga çaqirgan.

«Agar spiker borişga qaror qilsa va Xitoy qandaydir inqiroz yaratişga yoki boşqa yöl bilan keskinlikni kuçaytirişga harakat qilsa, buning uçun javobgarlik butunlay Pekin zimmasida böladi. Biz Xitoydan mas’uliyat bilan harakat qilişi va kelgusida heç qanday eskalatsiyada iştirok etmasligini kutamiz», degan u.

Nensi Pelosi va Xitoy

Tayvan AQŞ Kongressidagi ikki partiya tomonidan ham qöllab-quvvatlanadi. Demokratik partiyadagi eng jiddiy figura bölgan Nensi Pelosi esa ança vaqtdan buyon Xitoy rahbariyatini tanqid qilib keladi, ayniqsa inson huquqlari masalasida.

1991 yilda, Pekindagi Tyananmen maydonidagi namoyişlar şafqatsizlik bilan bostirilganidan ikki yil ötib öşanda Kaliforniya ştatidan kongressmen bölgan Pelosi Xitoy poytaxtiga kelgandi.

U rasmiy eskortdan ajralib çiqib, yana ikki nafar kongressmen bilan birgalikda Xitoy tomoni ruxsatisiz şahar maydoniga kirgan va kameralar qarşisida «Xitoydagi demokratiya uçun qurbon bölganlar xotirasiga» yozuvi tuşirilgan kiçik qora bannerni kötarişgandi.

Politsiya tezda amerikalik qonunçilarni maydondan çiqarib yuborgan. Keyinroq Xitoy TIV bu hodisani «oldindan tayyorlangan maynabozçilik» deb atagan.

2002 yilda öşanda Xitoy vitse-prezidenti bölgan Xu Tszintao bilan uçraşgan Pelosi unga törtta xat berişga harakat qilgan, ularda Xitoy va Tibetdagi faollarning qölga olinişi va hibs qilinişi borasida xavotirlar hamda ularni ozod etişga çaqiriqlar aks etgandi.

Xu maktublarni olişdan boş tortgan.

Yetti yil ötib Pelosi endi XXR raisi bölgan Xu bilan uçraşgan va unga siyosiy mahbuslarni, jumladan Lyu Syaoboni ozod etiş çaqirilgan maktubni topşiradi.

1993 yildayoq Pelosi Xitoyning Olimpiya öyinlari ötkaziş böyiça zayavkasini qoralagan hamda prezident Jorj Buşni 2008 yil Xitoy mezbonligidagi Olimpiya öyinlari oçiliş marosimini boykot qilişga undaşga uringan, ammo Buş baribir Xitoyga borgan.

Bu yil ham Vakillar palatasi spikeri Xitoydagi uyğurlarga qarşi harakatlar tufayli yana bir bor Pekindagi 2022 yilgi qişki Olimpiya öyinlarini diplomatik boykot qilişga çaqirdi.

Pelosi ötgan hafta Tayvan mustaqilligini Tayvan xalqi hal qilişi kerakligini aytib ötdi.

«Agar siz Xitoydagi tijorat manfaatlaringiz tufayli inson huquqlarini himoya qila olmasangiz, istalgan joyda ularni himoya qiliş uçun ma’naviy huquqingizni yöqotasiz», dedi Pelosi yaqinda bergan intervyusida.