Senat 29-yalpi majlisida “Ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun körib çiqildi.
Qonun bilan “Mahalliy davlat hokimiyati töğrisida”gi, “Içki işlar organlari töğrisida”gi va “Ma’muriy qamoqni ötaş tartibi töğrisida”gi qonunlarga hamda Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga özgartiş va qöşimçalar kiritiş nazarda tutiladi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi içki işlar vaziri, Toşkent şahar va Toşkent viloyati içki işlar boş boşqarmalari, viloyatlar içki işlar boşqarmalari boşliqlari, ular örinbosarlari har çorakda tegişinça Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesiga, xalq deputatlari mahalliy kengaşlariga hisobotlar taqdim etişi tartibi joriy qilinmoqda.
Şu bilan birga, tuman, şahar içki işlar bölinmalari boşliqlari – har çorakda va ular örinbosarlari – har oyda, mahalla huquq-tartibot punktlari profilaktika katta inspektorlari – har olti oyda xalq deputatlari mahalliy kengaşlariga hisobotlar taqdim etişi tartibi belgilanmoqda.
“Içki işlar organlari töğrisida”gi qonunga içki işlar organlari tizimida faoliyat yuritayotgan mahalla huquq-tartibot punktlari huquqiy maqomi va asosiy vazifalarini belgilaşga qaratilgan qöşimçalar kiritilmoqda.
Qonunga mahalla huquq-tartibot maskani töğrisidagi norma kiritilib, bunda mahalla huquq-tartibot punktlari jamoat tartibini saqlaş, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatçilikka qarşi kuraşiş böyiça içki işlar va boşqa huquq-tartibot organlari hamda jamoat tuzilmalari mahallalar kesimida hamkorlikda işlaşini taşkil etiş böyiça içki işlar organlari tarkibiy tuzilmasi hisoblanişi belgilanmoqda.
Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.












