Prezidentning «Qişloq xöjaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etişni yanada jadal taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori ijrosi yuzasidan 2021 yilda Şörçi tumanidagi klasterga qaraşli 1 376 gektar paxta maydoniga tomçilatib suğoriş texnologiyasini joriy qiliş vazifasi mahalliy ta’minotçi korxona zimmasiga yuklatilgan. 

Ta’minotçi korxona 142,7 gektardagi paxta maydoniga tomçilatib suğoriş texnologiyasini joriy qilgan va unga ketgan xarajatlar bir qismini qoplaş uçun subsidiya ajratiş böyiça Şörçi tumani işçi komissiyasi tomonidan xulosa tuzilib, Amu-Curxon irrigatsiya tizimlari havza boşqarmasiga taqdim etilgan.

Amu-surxon irrigatsiya tizimlari havza boşqarmasi mansabdor şaxslari esa amalda 142,7 gektar maydonga tomçilatib suğoriş texnologiyasi joriy qilingan bölsa-da, unga yana qöşimça ravişda 993 gektarda tomçilatib suğoriş texnologiyasi quriliş-montaj işlari töliq yakunlanib, işga tuşirilgani haqida soxta hujjatlar tuzib, davlat budjetidan klasterga 6 mlrd 747 mln 400 ming söm miqdoridagi subsidiya mablağlari ajratilişiga erişgan.

Hozirda DXX Surxondaryo viloyati boşqarmasi tomonidan Amu-Curxon irrigatsiya tizimlari havza boşqarmasi mansabdor şaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksi tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Bunday holat Qumqörğon tumanida ham aniqlanib, mahalliy klasterga qaraşli 2 000 gektar paxta maydoniga tomçilatib suğoriş texnologiyasini joriy qiliş közda tutilgan va bu ham aynan yuqorida tilga olingan ta’minotçi korxonaga yuklatilgan.

Qumqörğon tumani irrigatsiya bölimi boşliği va boşqa manfaatdor şaxslar özaro til biriktirib, 2021 yilda 1 143 gektar maydonga tomçilatib suğoriş texnologiyasi joriy qilinmagan bölsa-da, şunça maydonga tomçilatib suğoriş texnologiyasi quriliş-montaj işlari töliq yakunlanib, işga tuşirilgani haqida soxta xulosalar tuziş orqali klasterga 7 mlrd 772 mln 400 ming söm miqdoridagi subsidiya mablağlari ajratilişiga erişgan.

DXX Surxondaryo viloyati boşqarmasi tomonidan Qumqörğon tumani irrigatsiya bölimi boşliği va boşqalarga nisbatan Jinoyat kodeksi tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan.