Bellingcat suriştiruv guruhi va The Insider videoda asirga olingan ukrainalik askarni qiynoqqa solgan, jarohatlagan va öldirgan rossiyalik harbiyni topganini bildirdi. 5 avgust, juma kuni e’lon qilingan suriştiruv ma’lumotlariga köra, u «Ahmad» batalonidan bölgan, Tuvada yaşovçi 29 yoşli şaxs bölib çiqdi.
Iyul oyi oxirida rossiyaparast Telegram-kanallarda Rossiya armiyasi ramzlari tuşirilgan harbiy kiyimdagi erkaklar boğlab qöyilgan ukrainalik harbiy asirni qiynoqqa solayotgani, uning jinsiy a’zolarini kesib, söng öldirgani aks etgan videolar tarqaldi. Töğridan töğri qiynoqlar va qotillik keng qirrali şlyapa kiygan odam tomonidan sodir etilgan.
Videolarning sifatsizligi tufayli Bellingcat va The Insider suriştiruvçilari dastlab e’lon qilingan videolardagi tasvirlarni tahlil qila olmadi. Ularning şaxsi öziga xos xususiyatlari - şlyapa va qöldagi bilaguzuk tufayli aniqlandi. Jurnalistlar şunday şlyapa kiygan va bilaguzuk taqqan odamni Rossiya OAVlari tomonidan çop etilgan yana bir qança sifatli videolarda, jumladan, RT va RIA «Novosti» tomonidan Severodonetskdagi «Azot» kimyo zavodidan olingan kadrlarda topdi.
Uşbu videolardan ma’lum bölişiça, şlyapali harbiy xizmatçi, ehtimol, «Ahmad» çeçen batalonida xizmat qiladi, deya ta’kidlaydi suriştiruv mualliflari. Yuzni taniş onlayn-servislari yordamida jurnalistlar uning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini topdi. Suriştiruv mualliflariga köra, qiynoqlar tasvirlangan videodagi şaxs tuvalik Oçur-Suge Monguşdir.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalardan birida jurnalistlar Monguşning telefon raqamini topib, unga qönğiroq qildi. Suriştiruv mualliflari bilan suhbatda u «Azot» zavodidan olingan videodagi şlyapali odam özi ekanini tasdiqlagan, biroq qiynoqlar va qotilliklarga aloqasi yöqligini aytgan. Monguşning sözlariga köra, uning qiynoqlardagi iştiroki aks etgan video uydirma bölgan.
Kadrlar ijtimoiy tarmoqlarda paydo bölgandan söng, jurnalist döstlari unga qönğiroq qilib, FXXga kelişni maslahat bergan, u yerda «ikki kun uşlab turib, videoning uydirma ekaniga işonç hosil qilişdi», deydi Monguş. Aytilişiça, FXX unga «video Ukraina qurolli kuçlari tomonidan joylaştirilgani va u 10 yoşli bolani zörlagan jinoyatçi topilganda, ukrainaliklar qöliga tuşib qolgani»ni aytişgan.
Şu bilan birga, Monguş jurnalistlarga «Ahmad» bataloniga aloqasi yöqligini va «heç qaçon qölida qurol uşlamaganini» aytdi. Şunga qaramay, suriştiruv mualliflari uni uşbu batalon jangçilari, şu jumladan Çeçeniston hududida olingan suratda topdi, uning «VKontakte» ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida esa Monguşning qölida qurol bölgan suratlari çiqib keldi.
«Monguşning tan olişi juda muhim: u bilan gaplaşişdan oldin «Azot» zavodidan olingan «ahmadçilar» videosidagi şaxs videoda qiynoqlar bilan körsatilgan şaxs ekani aniqlandi, bu şaxs «Ahmad»da jang qilgan Monguşga öxşaş bölişi, «Ahmad»da möğullar körinişidagi ikkita juda öxşaş odam jang qilgan bölişi mumkin edi, ammo Monguşning «Azot» zavodidagi videoda şlyapali odam özi ekanini tan olişi buni istisno qiladi», deb yozadi The Insider.
Ukraina Boş prokuraturasi video e’lon qilinganidan söng uruş qonunlari va odatlarini buziş moddasi böyiça jinoiy iş oçdi. Ukraina Oliy radasining inson huquqlari böyiça komissari Dmitriy Lubinets videoni Jyeneva konvensiyasini buziş ehtimoli bölgan harbiy jinoyat uçun tekşirişga çaqirdi. Lubinets, şuningdek, BMT, Qiynoqlarning oldini oliş böyiça Yevropa qömitasi va Xalqaro Qizil Xoç qömitasiga hisobotlar tayyorlanayotganini aytdi.













