Uşbu ta’lim dasturi öz içiga korporativ boşqaruv, risklarni boşqariş, içki nazorat, kompyuterni modellaştiriş va investitsiya loyihalari risklarini baholaş, şuningdek, içki audit kabi asosiy yönalişlarni qamrab olgan.

Dastur doirasida iştirokçilar kompaniyaning korporativ boşqaruvi va risklarni boşqarişda har bir xodimning vakolatlari va majburiyatlari, kompaniyada xavf madaniyatini şakllantiriş tamoyillari asosida raqobat muhitida muvaffaqiyatli biznesni yaratiş uçun samarali içki nazoratni yaratiş algoritmi bilan batafsil taniştirildi.

Bundan taşqari, iştirokçilar kompaniyadagi risklarni boşqariş jarayoni, risklarni aniqlaş va baholaş vositalari va usullarini, risklar töğrisida hisobotlarni yaratişni va real misollar asosida investitsion loyihaning risklarini aniqlaşni örganiş imkoniyatiga ega bölişdi. 

Dastur yakunida iştirokçilarga “Ernst & Young” Biznes akademiyaning xalqaro standartdagi sertifikatlari topşirildi.

Ma’lumot uçun: “Ernst & Young” Biznes akademiyasi 25 yildan ortiq vaqt davomida mutaxassislarni kasbiy tayyorlaş va malakasini oşiriş böyiça MDH mamlakatlarida konsalting xizmatlarini körsatib kelmoqda. Uşbu davr mobaynida turli sohalardagi yetakçi kompaniyalarning 150 mingdan ortiq mutaxassislari Akademiyada tayyorlangan. 

 “Özbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati Ⓣ