Apple öz smartfonlari uçun çipsetlar işlab çiqaradigan Tayvanning TSMC kompaniyasidan mahsulotlarni «Tayvan, Xitoyda işlab çiqarilgan» yoki «Tayvan, Xitoy» yorliqlari bilan eksport qilişni söradi. Çipsetlar Xitoyga – iPhone'lar yiğiladigan eng katta zavodlarga yetkazib beriladi.

Bu masala 2-3 avgust kunlari AQŞ Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Tayvanga taşrifi ortidan kuçaygan ziddiyat tufayli yetkazib berişda uzilişlar bölmasligi uçun kötarilgan.

Pelosining taşrifiga javoban Xitoy orol bilan savdo aloqalarini qisman töxtatib, ba’zi mahsulotlar uçun tekşiruvni kuçaytirmoqda. Xususan, çipsetlardagi «Tayvanda işlab çiqarilgan» degan yozuv mahsulotlarning bojxonada uzoq vaqt uşlanib qolişiga yoki umuman Xitoyga kiritilmasligiga sabab bölişi mumkin.

The Guardian naşriga köra, Tayvan eksport mahsuloti «Tayvan» nomi bilan yoki davlatning rasmiy nomi «Xitoy Respublikasi» deb yozilişini talab qilmoqda.

Uşbu muammo sababli sentabrda bölişi kutilayotgan iPhone 14 liniyasidagi telefonlarning taqdimoti keçikişi taxmin qilinmoqda.

Lekin kupertinoliklar allaqaçon iPhone 14 taqdimotini tasvirga oliş jarayonlarini boşlab yuborgan. iPhone 14 liniyasining eng arzon qurilmasi 800 AQŞ dollaridan, Max turlari esa 1200 dollardan boşlanişi kutilmoqda.

Taqdimot 13 sentabrda, sotuvlar esa 23 sentabrdan boşlanişi kutilmoqda.