Avvaliga hammaga ma’lum faktni keltiramiz: «Barselona» kelajakda (25 yil) TV huquqlaridan olinadigan daromadlarning 25 foizini 667 mln yevroga sotdi. Rejaga köra, bu moliyaviy ahvol yaxşilanişiga olib kelişi va yangi futbolçilarni röyxatdan ötkazişni yengillaştirişi kerak edi. Ammo!

1. La Liga faqat 517 million yevro daromadni hisobga oldi. Bu esa «Barselona»ni Barca Studios bölimining 49 foizini sotiş orqali törtinçi dastakdan foydalanişga majbur qiladi. Uşbu bölim orqali klubning NFT-tokenlari sotiladi.

2. «Barsa» TV huquqlarining bir qismini öziga sotgan.

Hammasini bir boşdan tuşuntiramiz

Voqealar zanjiri quyidagiça.

  • «Barselona» Sixth Street kompaniyasi bilan hamkorlik örnatdi. Qiziği şundaki, uşbu kompaniya «Real» bilan bilvosita boğliq. Uning xöjayinlaridan biri Anaş Lagari «Real» prezidenti Florentino Peresning yaqin dösti va işga tuşirilmay qolgan Superliga rahbariyati a’zosi.
  • «Barselona» va Sixth Street hamkorligida LOGKSLEY Investmens kompaniyasi taşkil etildi, uning aksiyalari teng taqsimlandi.
  • «Barselona» kelajakda TV huquqlaridan olinadigan daromadlarining 25 foizini LOGKSLEY kompaniyasiga sotdi. 517 mln yevroni Sixth Street töladi, 150 mln yevroni esa «Barselona».

Şu bilan birga, Joan Laporta navbatdan taşqari yiğilişda klub a’zolariga bu holatni oşkor qilmadi.

La Liga hiylaga uçmadi va 150 mln yevroni hisobga olmadi

La Liganing moliyaviy nazorat bölimi «Barselona» bilan ziddiyatdan qoçdi, tölovlar maqsadi böyiça ayb topmadi va uni buxgalteriya hisobiga kiritişga ruxsat berdi. Lekin! Iş haqi limitini şakllantirişda uşbu daromadni hisobga olmadi. Laporta esa uning hisobga olinişini istagandi.

Bundan taşqari, endi «Barselona» 150 mln yevrodan 25 foizlik korporativ soliqni ham tölaşi kerak. Bu esa  37,5 mln yevroga teng.

«Barselona» haligaça Levandovski, Rafinya va boşqa yangi futbolçilarni röyxatdan ötkazmadi

«Barselona» limitdan çiqib ketmasligi uçun futbolçilar iş haqini 144 mln yevroga qisqartirişi şart.

Yozda kataloniyaliklar «Bavariya» hujumçisi Robert Levandovskini 50 mln yevroga, «Lids» vingeri Rafinyani 59 mln yevroga va «Sevilya» markaziy himoyaçisi Jyul Kundeni, şuningdek, ikki nafar erkin agent – «Çelsi» markaziy himoyaçisi Andreas Kristensen va «Milan» yarimhimoyaçisi Frank Kessieni olgan edi.

Ammo ular hamon La Liga röyxatidan ötkazilmagan. Sababi – «Barselona» iş haqi miqdori çegarasidan çiqib ketgan.

Kataloniyaliklar vaziyatni önglaş uçun avvalroq uçta iqtisodiy dastakdan foydalanib, bir qança aktivlarini sotgandi. Endi navbat Barca Studios bölimining 49 foiziga kelgan körinadi.

Foto: Getty Images 

Töğri, «Barselona» prezidenti huquqiy tomondan La Liga bilan kuraşişga urinib körişi ham mumkin.

«Biz öz işimizni yaxşi bajardik va barça talablarga javob beramiz deb hisoblaymiz. La Ligaga barça hujjatlar yuborildi va biz javob kutmoqdamiz.

Ba’zi nomuvofiqliklar bölişi mumkin, ammo biz heç qanday muammo bölmasligini tuşunib turibmiz. Çunki biz hamma şartlarni bajardik va futbolçilarni röyxatdan ötkazişimiz mumkin. Aks holda, törtinçi dastakni işga solamiz», dedi u.

«Ba’zi nomuvofiqliklar» - La Liga tomonidan hisobga olinmagan 150 mln yevro.

Yana bir variant iş haqini qisqartiriş va futbolçilarni sotiş edi

«Barselona» iş haqini qisqartiriş rejasi tufayli uç futbolçi bilan ziddiyatga borgan – Frenki de Yong, Martin Breytueyt va Samuel Umtiti.

Niderlandiyalik futbolçiga maoşini qisqartiriş taklif qilindi. Aks holda şartnomasini bekor etiş bilan tahdid qilinmoqda. Göyoki sobiq rahbariyat uni imzolaşda qoidabuzarlikka yöl qöygan.

Daniyalikka qattiqroq şart qöyildi – şartnomani bekor qiliş va erkin agent sifatida ketiş. Futbolçi mavsumoldi yiğinlari doirasida AQŞga ham olib ketilmadi. Ammo Breytueyt 2 yillik maoşini töliq olmagunça ketmoqçi emas. Himoyaçi Samuel Umtiti ham şuni istamoqda. Rahbariyat ğazabda.

«Umtiti va Breytueytning şartnomasi bor, ammo murabbiy ularning xizmatiga muhtoj emas. Şuning uçun ular klubni tark etgani ma’qul. «Barselona»dan yana köproq öyinçi ketişini kutamiz. Biz barça yangi kelganlarni, şuningdek, yangi şartnoma imzolagan futbolçilarni röyxatdan ötkazişimiz mumkinligiga işonamiz», dedi Laporta.

Foto: Getty Images 

Ammo bu töliq röyxat emas. «Barselona» Jyerar Pike va Serxi Busketsga maoşini kamaytirişni taklif qilgan va Memfis Depayning ketişi ustida işlamoqda. Hozirça heç qanday natija yöq.

Ajablanarlisi şundaki, «Barselona» yana bir transfer tayyorlayapti

Gap «Mançester Siti» yarimhimoyaçisi Bernardu Silva haqida ketmoqda. U APL 1-turidan örin olgan «Vest Hem»ga qarşi öyinda boşlanğiç tarkibda tuşirilmadi.

Pep Gvardiola portugaliyalikni saqlab qolmoqçi ekani, lekin uning xohişiga qarşi çiqmasligini oçiq aytdi. Uşbu transfer «Barselona» maoşlarni qisqartirmasa ham amalga oşişi mumkin. Törtinçi dastak yordam beradi.