9 avgust kuni Özbekiston va Qirğiziston hukumat delegatsiyalari Issiqköl viloyatining Çölponota şahrida davlat çegarasining ayrim uçastkalari demarkatsiyasi böyiça muzokaralarni boşladi, deb yozadi 24.kg.
Qirğiziston vazirlar mahkamasi maxsus vakili Nazirbek Böriboyevning sözlariga köra, tomonlar çegaraning avval kelişilmagan uçastkalari böyiça mamlakatlar pozitsiyalariga aniqlik kiritiş niyatida.
Uning sözlariga köra, bugungi kunga qadar davlatlar örtasidagi 1170 km çegara aniqlaştirilgan, endi qolganlari masalasini hal qiliş zarur. Nazirbek Böriboyevning aytişiça, ikki davlat hukumatlari çegara masalalarini 2022 yilda yakunlaşni rejalaştirmoqda. Muzokaralar 17 avgustgaça davom etişi kutilmoqda.
Özbekiston va Qirğiziston örtasidagi çegara uzunligi 1378 km bölib, uning 85 foizi 2017 yilgi kelişuv bilan tavsiflangan va ratifikatsiya qilingan.











