Özbekiston transport vaziri örinbosari Abdusamad Möminov Singapurning mamlakatdagi elçisi (qarorgohi Singapurda) Zulkifli bin Baharuddin bilan uçraşdi.
 
Uçraşuvda Singapur jamoat transporti, taksilar faoliyatini tartibga soliş, yöllardagi tirbandliklarni bartaraf etiş hamda aeroportlar boşqaruvi kabi yönalişlardagi ilğor tajribasini örganiş yuzasidan hamkorlik aloqalarini yölga qöyiş böyiça fikr almaşildi.
 
Elçi mazkur masalada amaliy yordam körsatişga hamda Singapur uşbu yönalişda Özbekiston strategik hamkoriga aylanişiga işonç bildirdi.
 
Suhbat davomida tomonlar transport sohasida raqamli texnologiyalar va yeçimlarni joriy etişni jadallaştiriş muhimligi qayd etgan holda uşbu yönalişdagi hamkorlikni faollaştirişga kelişib oldi.
 
Uçraşuv yakunida tomonlar transport sohasidagi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantiriş yuzasidan kelgusida amalga oşiriladigan vazifalarni belgilab oldi.