“Hududlarda yölovçi taşiş tizimini yanada rivojlantirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi prezident qarori loyihasi e’lon qilindi.

Quyidagilar: 2022-2026 yillarda 5 000 ta avtobus va mikroavtobus xarid qiliş dasturi; 2022-2026 yillarda 278 ta yangi avtobus yönalişlarini taşkil etiş dasturi; 2022-2026 yillarda 81 ta avtovokzal va avtostansiyalarni quriş va rekonstruksiya qiliş dasturi tasdiqlanadi.

2022-2026 yillarda hududlarda avtobus va mikroavtobuslar xarid qiliş dasturi doirasida tadbirkorlar tomonidan milliy valutada olingan kredit foizlari Markaziy bank qayta moliyalaş stavkasidan ortiq bölgan qismi hamda AQŞ dollarida olingan kredit foizlari 5 foizlik stavkadan ortiq bölgan qismi mahalliy budjet mablağlari hisobidan qoplab beriladi.

Xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda Toşkent va Samarqand şaharlarida işlab çiqilgan jamoat transportini rivojlantiriş çora-tadbirlari asosida Nukus şahri va viloyat markazlarida jamoat transportini rivojlantiriş rejalarini işlab çiqiş jadvali tasdiqlanadi.

Qoraqalpoğiston Vazirlar Kengaşi, viloyat hokimliklari:

  • Transport vazirligi bilan birgalikda har yili kamida bir marta şahar avtobus yönalişlarida qöllanilayotgan yölkira tariflari amaldagi haqiqiy xarajatlardan kelib çiqqan holda qayta körib çiqilişini;
  • mahalliy budjetlar parametrlari şakllantirilayotganda şahar yönalişlarida çeklangan tariflar böyiça yölovçilar taşiş natijasida taşuvçilari köradigan zararlarni qoplaş uçun mablağlar közda tutilişini va uşbu mablağlar taşuvçilarga belgilangan tartibda tölab berilişini ta’minlaydi.

2023 yil 1 yanvardan boşlab Qoraqalpoğiston Vazirlar Kengaşi raisi va viloyatlar, şahar va tumanlar hokimlari faoliyati samaradorligini baholaşda hududdagi avtobus yönalişlari tarmoği, avtobuslar soni, jamoat transporti va infratuzilmasi sifati, bajarilgan iş hajmlari, moliyaviy qöllab-quvvatlaş uçun ajratilgan mablağlar kabi körsatkiçlar e’tiborga olinadi.