Şvetsiya mudofaa vaziri Piter Xultkvist qirollik Ukraina uçun qurol işlab çiqarişi mumkinligini ma’lum qildi. «Men buni istisno qilmayman, lekin aytişga hali erta», — dedi u 11 avgust, payşanba kuni SVT telekanaliga bergan intervyusida, öşa kuni Kopenhagenda bölib ötgan Ukraina uçun donorlar konferensiyasi natijalariga izoh berib.

Anjumanda 17 davlat mudofaa idoralari rahbarlari iştirokida Ukrainani uzoq muddatli qöllab-quvvatlaşning uçta asosiy yönalişi – harbiy tayyorgarlik, minalardan tozalaş va qurol işlab çiqariş belgilandi. «Biz uçala sohada ham iştirok etmoqdamiz, ammo keyin hammasi qanday amalga oşişini köramiz», dedi Xultkvist va Stokholm Ukraina harbiylarini Buyuk Britaniyada tayyorlaş dasturidagi iştirokini kengaytirişi mumkinligini qöşimça qildi. 

Şvetsiya vazirining sözlariga köra, Slovakiya, Polşa va Çexiya allaqaçon Ukraina uçun qurol işlab çiqarişga qiziqiş bildirgan. «Ukrainaga töğridan töğri yetkazib berilişi mumkin bölgan qurollarni işlab çiqariş uçun turli mamlakatlardagi işlab çiqariş liniyalaridan foydalaniş haqida gapiryapmiz, - dedi Xultkvist. - Biz mojaroning çözilişini kutyapmiz, şu sababli hozirgaça yetkazib berilgan mahsulotlar qöşimça töğridan töğri işlab çiqariş bilan töldirilişi kerak deb hisoblaymiz».

Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi boşlanganidan beri Şvetsiya Kiyevga bir neça partiya qurol yetkazib berdi. Xususan, mart oyida Stokholm 5000 ta tankka qarşi qurol jönatilişini e’lon qildi. Şu bilan birga, rasmiylar Ukraina tomoniga himoya vositalari, dronlar va durbinlar topşirilişini e’lon qildi. Iyun oyi boşida Şvetsiya Ukrainaga kemaga qarşi raketalar, tanklarga qarşi qurollar va 12,7 millimetrli miltiqlar, jumladan, öq-dorilarni yuborişga qaror qildi.