AOKAda ötkazilgan brifingda Suv xöjaligi vazirligi axborot xizmati rahbari Şuhrat Suyunov bu yilgi suğoriş mavsumida qança miqdorda suv yetkazib berilişi yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilişiça, joriy yil boşidan buyon 344 008 gektar maydonda, jumladan, 77 793 gektar maydonda – tomçilatib suğoriş, 11 431 gektar maydonda – yomğirlatib suğoriş, 4 478 gektar maydonda – diskret usulda suğoriş texnologiyalari işga tuşirildi.
66 483 gektar maydonda – köçma egiluvçan quvurlar yordamida, 35 035 gektar maydonda – egatga plyonka töşab suğoriş yölga qöyildi. 148 789 gektar maydon lazerli tekislandi.
Yil yakuniga qadar 478 ming gektar maydonda suvni tejaydigan texnologiyalar joriy qilinişini ta’minlaş va suv tejovçi texnologiyalar bilan qamrab olingan maydonlarni 27 foizga yetkaziş maqsad qilingan.












