Şu kunlarda Ukrainaga qarşi uruşni yoritiş bilan şuğullanuvçi rossiyalik blogerlar ukrain harbiylari «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasining Luhansk oblasti Popasnaya şahridagi bazasiga Amerikaning HIMARS baravar öt oçiş reaktiv tizimi orqali zarba yöllaganini xabar qilişdi. Ukraina tomoni ham bu versiyani rad etib çiqmayotgan bölsa-da, ekspertlarda bu «vagnerçilar»ning özi tomonidan sahnalaştirilgan bölişi mumkinligi borasida şubhalar tuğilgan.
Bu ma’lumot Rossiyaning Ukrainaga bosqinini qöllab-quvvatlovçi va harbiy harakatlarni faol yoritib kelayotgan harbiy muxbirlar - blogerlar tomonidan tarqatildi. Qisqaça aytilsa, ularning talqini şunday: bir hafta muqaddam bloger Sergey Sreda bazadan fotosurat e’lon qilgan, keyin uni öçirib yuborgan. Fotoda u va harbiy formadagi, niqob taqqan tört erkak köp qavatli uy fonida turganini köriş mumkin, kadr burçagida - tabliçka: Mironovskaya köçasi, 12.
«Popasnayaga keldim, «Vagner» ştabida töxtadim. Qadrdonlardek kutib olişdi. Bir qança qiziq voqealarni aytib berişdi», deya yozgan 8 avgust kuni «voyenkor» Sreda. 14 avgust kuni esa yana bir «voyenkor» Yuriy Kotenok şunday yozadi: «Popasnayada «Vagner»ning bazalaridan biriga zarba yöllandi. Donbassdagi manbalar tasdiqladi. Katta ehtimol bilan, bu «Haymers». Ukraina resurslari Prigojinning ölimi haqida xabar tarqatmoqda - bu tasdiqlanmadi».
OAV biznesmen Yevgeniy Prigojinni yollanma harbiylari Suriya va Afrika mamlakatlaridagi janglarda qatnaşib kelgan, bu yildan esa Ukrainadagi harbiy harakatlarga jalb etilgan «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi bilan boğlaydi. Prigojin bu xususiy harbiy kompaniyaga aloqadorligini rad etadi va şu haqda yozgan jurnalistlar bilan sudlaşadi. Avgust oyida «Mediazona» naşri Prigojin şaxsan koloniyalardagi mahbuslarni Ukrainadagi uruşga tarğib qilayotgani va ular bilan şartnoma tuzayotganini xabar qildi. Jurnalistlar uning Donbassda olingan suratini namoyiş etişgan.
Ukraina naşrlari 14 avgust kuni Ukraina qurolli kuçlari harbiy muxbirning posti tufayli «Vagner»ning bazasi yakson qilingani va bu hujumda Prigojin ham jabrlangani haqidagi xabar tarqatdi. Rossiyaparast telegram-kanal bölmiş Reverse side of the medal kanali esa zarbadan şikastlangan turar joy binosi suratini joylaştirib, yaradorlar borligini istisno etmagandi: «Popasnayada yigitlarni olib çiqyapmiz».
Tongda Luhansk oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Sergey Gayday ham «Ukraina qurolli kuçlari yana bir bor duşman ştabi böyiça muvaffaqiyatli iş olib borgani», bu zarbani «Rossiya OAVi vakillaridan biri» yönaltirgani, zarba natijasida «Vagner»ning Popasnayadagi ştabi yakson etilgani, «qurbonlar soni aniqlaştirilayotgani» töğrisida aytdi. Ukraina naşrlari esa ştab joylaşgani taxmin qilingan hududdagi yirik vayrongarçiliklar aks etgan suratlarni naşr qildi.
Şu bilan birga, Conflict Intelligence Team suriştiruv guruhi asosçisi Ruslan Leviyev ukrainalik harbiylarni tuzoqqa tuşiriş maqsadida «vagnerçilar» bu zarbani özlari uyuştirgan bölişi mumkinligini taxmin qildi. «Prigojin trollingni yoqtirişi va doim bunga istalgança pul sarflaşga tayyorligini hisobga olsak, menda baribir haqiqatan nima sodir bölgani borasida ayrim şubhalar bor», deya yozgan ekspert tvitterdagi sahifasida.
Leviyev rossiyalik harbiy korrespondentlar «raketa zarbasi» xavfini oşirişi tufayli harbiy obektlarni tasvirga oliş taqiqlangani haqida yaxşi xabardor ekanini eslatgan: «U yerda esa ştab atrofida, tağin Prigojinga öxşaş odam bilan (ayrim naşrlar Sreda e’lon qilgan suratdagi harbiy libosli kişilardan biri u ekani haqida yozgan) suratga tuşilgan».
Leviyev «vagnerçilar» ukrainlarni amerikaliklarning HIMARS baravar öt oçiş reaktiv tizimini yaqinroq keltirib, işlatişga undaş va unga javob zarbasi yöllab, mukofot olişni közlagani haqidagi nazariyani ilgari suradi. «Ajoyib, Sreda, buyoqqa kel, manzil yozilgan tabliçka oldida suratga tuşamiz, ularni çaqiramiz va javob zarbasi beramiz», deya «Vagner»ning ehtimoliy mantiğini tasvirlaydi u.
BBC Rus xizmati korrespondenti Ilya Barabanov «Vagner» nimalarga qodirligi töğrisida:
«Zarba haqida xususiy harbiy kompaniyaga aloqador telegram-kanallar xabar berdi, ularning ehtimoliy ştabi fotosurati bir neça kun oldin Prigojin bilan boğliq bölgan tuzilmada işlovçi korrespondent tomonidan e’lon qilingandi.
Şu medianing özi otişma çoğida uning özi ham jabrlangan bölişi mumkinligini xabar qildi. Avvaliga ular uning taqdiridan xavotir bildirişdi, keyin esa uning ölimi haqidagi xabarlar rad etib çiqildi.
Bu Prigojin birinçi bor «ölişi» emas - 2019 yilda u bilan boğliq naşr u Afrika mamlakatlaridan birida vertolyotda halokatga uçragan bölişi mumkinligini xabar qilgandi. Köp ötmay biznesmen bilan barçasi joyida ekani ma’lum böldi.
Prigojinga hozir ukrainlar uning ştabini Amerikaning maşhur HIMARS baravar öt oçiş reaktiv tizimidan öqqa tutgani töğrisidagi xabar nega kerakligi - tuşunarli. Şu kunlarda Prigojinga aloqador «Patriot» mediaguruhining uç xodimi firibgarlikda ayblanib, qölga olindi. Ma’lum bölişiça, ular özlarining anonim kanallarida mudofaa vaziri Sergey Şoygu, Davlat dumasi spikeri Vyaçeslav Volodin va Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskovni faol tanqid qiliş bilan şuğullanişgan. Prigojinning matbuot kotibi darhol ulardan voz keçdi: «Xavfsizlik kuçlari huşyorlik körsatdi va virusni aniqladi».
Şu bilan bir vaqtda kuçişlatar tuzilmalarga aloqador telegram-kanallar yaqin vaqtlar içida Prigojinda muammolar paydo bölişi mumkinligiga işora qila boşladi. HIMARS orqali Popasnayadagi «ştabga zarba berilgani» haqidagi fotolar - Kremldagi rahbarlarga «Vagner» va Prigojinni saqlab qoliş qançalik muhimligini eslatişdan boşqa narsa emas».













