Jidda şahrida Özbekiston boş vaziri örinbosari – investitsiyalar va taşqi savdo vaziri Jamşid Xöjayevning Saudiya Arabistoni investitsiyalar vaziri Xolid al-Falih bilan uçraşuvi bölib ötdi.
Tomonlar savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlik sohasidagi aniq loyihalarni nazarda tutgan holda oliy darajadagi taşrif kun tartibini iqtisodiy jihatdan boyitişni körib çiqdi.
Bundan taşqari, Özbekistonga qöşimça Saudiya Arabistoni investitsiyalarini jalb qiliş masalalari muhokama qilindi. Yangi qöşma loyihalarni amalga oşirişda yaqin hamkorlik qilişga tayyorlik bildirildi.
Özaro munosabatlarni faollaştiriş böyiça mavjud imkoniyatlar tahlili natijalariga köra, kutilayotgan oliy darajadagi taşrif mamlakatlar örtasidagi hamkorlikni sifat jihatidan yangi darajaga olib çiqişiga işonç bildirildi.












