Navoiy viloyatidagi 60ga yaqin tadbirkor qariyb 150 gektar issiqxona uçun issiqlik energiyasini «Issiqlik ta’minoti» MÇJ orqali olişga majbur bölayotgan, MÇJ esa «Navoiy IES» AJdan xarid qilgan issiqlik energiyasini ularga özi istagandek ustama narx qöyib sotayotgan edi.
Kun.uz bu haqda şu yil boşida suriştiruv e’lon qilgandi.
Maqolada ta’minotçi korxona 1 Gkal issiqlik energiyasi uçun belgilagan summa davlat tomonidan belgilangan miqdordan köpligi, tadbirkorlar 1 Gkal issiqlik uçun 49 830 söm ortiqça mablağ sarflayotganiga urğu berilgandi.
Antimonopol qömita tadbirkorlardan bu borada köplab murojaatlar kelib tuşganini ma’lum qildi. Örganişlar natijasida tadbirkorlarga issiqlik energiyasi 37 foiz qimmat sotilgani aniqlangan.
«Tadbirkorlarga issiqlik energiyasi belgilangan narxlarda, ya’ni 166,1 ming sömdan yetkazib beriş örniga örtaça 227,5 ming sömdan yoki 37 foizga qimmat narxda yetkazib berilgan.
Natijada 70 dan ortiq tadbirkordan qariyb 8,0 mlrd sömlik ortiqça mablağ olib kelingan», – deyiladi qömita axborotida.

Ma’lum qilinişiça, asossiz undirilgan mablağlarni tadbirkorlarga qaytariş yuzasidan qömitaning qarorlari Navoiy tumanlararo ma’muriy sudi tomonidan qanoatlantirilgan.
«Tadbirkorlarga zarar qoplab berilişi kutilmoqda», – deyiladi xabarda.











