17 avgust kuni keçqurun Kobul şahridagi Siddiqiya masjidida, namoz paytida sodir etilgan portlaş oqibatida kamida 21 kişi halok böldi. 33 kişi jarohat olgan. Bu haqda “Al-Jazira” mahalliy politsiyaga tayanib xabar bermoqda.
Portlaş taşkilotçilari haqida hozirça ma’lumot yöq. Toliblar bayonotida biror guruhga nisbatan ayblov ilgari surilmagan.
“Tinç aholining qotillari va jinoyatçilar tez orada öz jinoyatlari uçun jazonaladi”, – deya yozdi “Tolibon” hukumati sözçisi Zabihullo Mujohid.
Kobulda faoliyat yuritayotgan Italiyaning Emergency tibbiy notijorat taşkiloti portlaşdan şikastlangan 35 bemorga tibbiy yordam körsatgani, ulardan 9 nafari 18 yoşga tölmaganlar ekanini ma’lum qilgan.
Qurbonlar orasidagi bolalar soni ma’lum emas. Hodisa guvohlari hujum oqibatida masjid imomi ham halok bölganini aytgan.
Özbekiston Taşqi işlar vazirligi qonli voqea xabarini çuqur qayğu bilan qabul qilganini bildirdi.
“Mazkur terrorçilik xurujini qat’iy qoralaymiz hamda uşbu vahşiyona xatti-harakatning taşkilotçilari va ijroçilarini aniqlaş böyiça barça çoralar körilişiga umid qilamiz.
Halok bölganlarining oilalari va yaqinlariga çin dildan hamdardlik bildirib, jabrlanganlarning soğayib ketişini tilaymiz”, – deyiladi TIV bayonotida.
Bir yil oldin Afğonistonda nazorat örnatgan toliblar mamlakatda tinçlik örnatganini da’vo qilayotgan bölsa-da, teraktlar hamon röy bermoqda. Köplab xunrezliklar uçun IŞIDning Xuroson bölimi javobgarlikni öz zimmasiga olmoqda. Guruh ötgan hafta “Tolibon”ning diniy yetakçilaridan bölgan Şahimullo Haqqoniyni ham portlatiş orqali öldirgan.
Toliblar kelganiga bir yil böldi: Afğonistonliklar endi qanday yaşamoqda?












