KXDR tomonidan xavf kuçayişi sababli Janubiy Koreya va AQŞ sönggi yillardagi yirik harbiy maşğulotlarni boşladi, deb xabar berdi Reuters.
Ulchi Freedom Shield deb nomlangan harbiy maşğulotlar 22 avgust kuni boşlandi va 1 sentabrgaça davom etadi.
Xabarda aytilişiça, maşğulotlarda samolyotlar, kemalar, tanklar va ön ming nafar harbiy qatnaşadi.
Harbiy maşğulotlar 2017 yildan buyon ötkazilayotgan eng yirik maşğulot böladi. Qayd etilişiça, Vaşington va Seul koronavirus pandemiyasi sababli qisqartirilgan keng kölamli maşğulotlarni qayta tiklamoqçi.
Avvalroq AQŞ, Janubiy Koreya va Yaponiya Havayi orollari yaqinida raketaga qarşi mudofaa böyiça maşğulotlar ötkazgandi.












