Innovatsiya vazirligi tomonidan moliyalaştirilgan “Içki va xalqaro turizmning Uçtepa-Buloqmozor majmuasi arxeologik yodgorliklarini örganiş va ularni moviy osmon ostidagi muzeyga aylantiriş” mavzusidagi loyiha doirasida Namangan viloyati Norin tumanida zarduştiylik davriga oid qadimiy ibodatxona aniqlandi.

Akademik Ahmadali Asqarov boşçiligidagi ilmiy jamoa qaziş işlari davomida qadimgi toş davriga oid, zarduştiylik qaraşlari va islom dini keng tarqalişi bilan boğliq öta noyob topilmalar va ibodatxonani topgan.
“Qazişma işlarini olib borişdan avval tepalik ostida qadimiy hukmdor qabri va unga qöşib kömilgan boyliklar bölsa kerak, deb taxmin qilgandik. Natijalar biz kutgandan ham a’lo böldi – qölga kiritgan manbalar ilmiy qimmati va ahamiyati beqiyos”, – dedi akademik.

Vazirlik xabarida Uçtepa-Buloqmozor yodgorligi, u yerdan topilgan boşsiz rohiba, kutvol (şahar hokimi) xotini va bolasi qoldiqlari, olovi öçmaydigan öçoqlar haqidagi suhbat-maqola tez kunlarda e’lon qilinişi aytiladi.












