Unda Vena akademiyasi va Özbekistondagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti örtasidagi özaro hamkorlik yönalişlari muhokama qilindi.
Muloqot çoğida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti dars jarayonlariga Vena diplomatiya akademiyasi xodimlarini jalb qiliş, universitet öqituvçi-professorlari malakasini oşiriş uçun xorijiy ekspertlar iştirokida mahorat darslarini taşkil qiliş körib çiqildi.
Emil Briks özaro tajriba almaşiş maqsadida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti vakillarining VDAga tanişuv taşrifini amalga oşirişni taklif qildi. Özaro talabalar almaşuvi dasturlarini yölga qöyiş orqali Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bakalavr, magistr va doktorantura yönalişidagi izlanuvçilari va mustaqil tadqiqotçilar uçun Vena diplomatiya akademiyasida malaka oşiriş imkoniyatini yaratiş muhokama qilindi.
1754 yilda taşkil etilgan Vena diplomatiya akademiyasi dunyodagi eng köhna diplomatiya maktabi hisoblanadi. Talabalarni öqitiş asosiy yönalişlari – xalqaro munosabatlar, siyosatşunoslik, jahon iqtisodiyoti, tarix, şuningdek, xalqaro huquq va Yevropa ittifoqi huquqi. Akademiya bitiruvçilari heç qanday tanlovsiz Avstriya Yevropa va taşqi işlar vazirligiga qabul qilinadi.












