Jahon | 22:05 / 25.08.2022
7433
5 daqiqa o‘qiladi

Global iqlim isishidan qaysi jonzotlar va o‘simliklar omon chiqadi?

Global iqlim isishi kabi hodisaning paydo bo‘lishida antropogen (insoniy) ta’sir bosh sabab bo‘lgani allaqachon barchaga ma’lum. Oddiyroq qilib aytganda, sayyoramiz sekin-asta qizib borayotganida inson aybdor.

Foto: Getty Images

So‘nggi tadqiqotlarga ko‘ra, agar biz atrof-muhitga ko‘rsatayotgan ta’sirimizni to‘liq to‘xtata olgan taqdirimizda ham, endi iqlim o‘zgarishi jarayonini to‘xtata olmasligimiz ma’lum bo‘lib ulgurgan.

Xo‘sh, bu fakt Yer yuzida insoniyat to‘liq qirilib ketish xavfi ostida qolganini anglatadimi? Agar shunday bo‘lsa, Yer sayyorasida qay jonzotlar omon qolishi mumkin?

Insoniyat global iqlim isishidan omon chiqa oladimi?

So‘nggi rasmiy statistikaga ko‘ra, ayni paytda har to‘rtinchi jonzot qirilib ketish xavfi ostida yashamoqda. Bu hol asosan jahon okeani sathining o‘zgarishi, ekstremal ob-havo sharoitlarining paydo bo‘lishi va sayyoramizda umumiy haroratning ko‘tarilishi tufayli ro‘y bermoqda.

Bunday o‘zgarishlarga tezroq moslashish uchun tirik organizmlar ko‘proq nasl qoldirishga majbur bo‘lishadi.

Pandalar global isishning qurbonlaridan biri bo‘ladi. / Foto: denverpost.com

Bunda pandalar birinchilardan bo‘lib qirilib ketishi mumkin.

Qaysi jonzot va o‘simliklar global iqlim isishidan omon chiqadi?

Yuqorida aytilganidek, sharoitlari murakkablashib borayotgan sayyoramizda tez-tez va ko‘proq nasl qoldirishga layoqatli turlar tirik qolishi uchun imkoniyati ko‘proq bo‘ladi. Bundan tashqari, populyatsiyaning umumiy jon saqlab qolishi ularning moslashuvchanlik qobiliyatiga ham bog‘liq bo‘ladi.

O‘zgarib borayotgan sharoitlarga sudralib yuruvchilar (reptiliyalar) va ham suvda, ham quruqlikda yashovchi (amfibiyalar) kabi sovuq qonli jonzotlar kamroq moslashishadi. Bunday jonzotlarda o‘z tanasi haroratini nazorat qilish imkoniyati yo‘qligi tufayli ular yoppasiga qirilib ketadi.

Sudralib yuruvchilarga ham oson bo‘lmaydi. / Foto: pixabay.com

Tropik o‘rmonlarda emas, asosan cho‘lli hududlarda uchraydigan issiqlik va qurg‘oqchilikka chidamli o‘simliklar katta ehtimol bilan jon saqlab qoladi.

Urug‘lari hasharotlar bilan emas, shamol va okean oqimlari yordamida uzoq masofalarga tarqaladigan o‘simliklar ham omon qolishi mumkin.

Bundan tashqari, o‘z gullashini tartibga soluvchi o‘simliklar issiqqa bardosh bera olishi mumkin, bu esa ularning omon qolishini kafolatlaydi.

Global iqlim isish oqibatlaridan omon chiqadigan o‘simliklardan biri kaktuslar bo‘lishi mumkin. / Foto: Shutterstock

Suvaraklarga global isish ta’sir qilmaydi

Ba’zan tarix Yer yuzida sodir bo‘lgan hodisalarni kelgusida sodir bo‘ladigan hodisalarga misol tariqasida keltirib, o‘ziga xos darslik bo‘lishi mumkin. Qadimda bir necha marta sodir bo‘lgan iqlimiy o‘zgarishlar natijasida sayyoramiz jonzotlarning ommaviy qirilib ketishiga duchor bo‘lgan. Lekin hozirgi holatda antropogen iqlim tanazzulining vayronkor xarakteri o‘tmishda sodir bo‘lgan jarayonlarga to‘liq tayana olmasligimizni bildiradi.

Ayni paytda mavjud turlarning aksariyatiga global iqlim isishi tahdid solayotganiga qaramasdan, tarix suvaraklar ommaviy qirilish davrlarining bir nechtasidan omon chiqqanini ko‘rsatib turibdi. Masalan, suvaraklar bir necha o‘n million yil avval Avstraliyadagi qurg‘oqchilikka osongina moslashishgan.

Suvaraklarni hech qanday ofat yenga olmaydi. / Foto: Shutterstock

Suvaraklar, shuningdek, ovqat tanlamasligi tufayli ham omon qolishadi. Keng ratsiondagi taomlarni iste’mol qilish odati turli narsalarni yeb ketaveradigan jonzotlar – kalamushlar va yenotlar uchun global iqlim isishi kamroq tahdid solishini bildiradi.

Global iqlim isishi nimalarga mutlaqo zararsiz?

Yer sayyorasi tarixidagi bunday o‘ta keng miqyosdagi barcha organizmlarga ta’sir o‘tkazuvi hodisa ro‘y berayotganiga qaramasdan, uni mutlaqo sezmasdan o‘tkazadigan jonzotlar ham bor. Okean qa’ridagi kanyonlarda suzib yuruvchi organizmlar qalin suv qatlami tufayli o‘zgarishlarni sezishmaydi.

Dunyoga o‘t ketsa, suv ostidagilarga ne g‘am? / Foto: Alamy

San-Fransisko davlat universiteti ekolog-fiziologi Jonatan Stillmanning fikricha, okean qa’rida umrguzaronlik qilayotgan jonzotlar sayyoramiz sirti bilan mutlaqo bog‘lanmagan. Ular hattoki issiqlikni Quyoshdan emas, Yer yadrosidan olishadi. Ular nafaqat atropogen ko‘rinishdagi vayronkor ta’sirlardan, sayyoramiz miqyosidagi ofatlardan ham to‘liq himoyalangan.

Mavzuga oid

E`lonlar