Italiyaning Sardiniya oroli hukumati bu yerga doimiy yaşaş uçun köçib keluvçilarga 15 ming yevro miqdorida grant berilişini e’lon qildi. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.

Hukumat orol aholisi sonining kamayişi va iqtisodiyotning pasayişini şu yöl bilan töxtatmoqçi. Hozirda Sardiniyaning qişloq joylarida yaşovçi yoşlar ommaviy ravişda Italiyaning yirik şaharlariga ketib qolmoqda.

«Sardiniya bu yerga köçib keluvçilar yoki şu yerda oila qurişni istaydiganlar uçun serhosil yerga aylanadi», — deyiladi avtonom oblast prezidenti Kristian Solinasning bayonotida.

Uning sözlariga köra, orolda yaşaşga qaror qilgan yoşlar uçun qulay şaroitlar yaratilgan.

Grantlar Sardiniyadan uy sotib olgan yoki oroldagi uyni ta’mirlaganlargagina ajratiladi. Grant oluvçilar 3 ming nafardan kam odam yaşaydigan aholi punktiga köçib kelişi şart.