Poyezd Toshkent vokzalidan shanba kunlari soat 19:05 da jo‘naydi va dushanba kuni kechqurun Samaraga yetib boradi. 2271 kilometrni tashkil qiluvchi yo‘l 49 soatdan biroz ko‘proq vaqtni oladi.

Platskart vagon chiptasi narxi - 1 482 250 so‘m, kupe uchun - 2 298 340 so‘m. Narxlar 26 avgustgacha amal qiladi.

Joriy yil 23 iyundan Toshkent - Samara - Toshkent yo‘nalishda yo‘lovchi poyezdlar qatnovi qayta tiklangandi. 1 oktyabrdan boshlab, ushbu xalqaro yo‘nalishga mamlakatdan haftada ikki marotaba yo‘lovchi poyezdlar qatnovi amalga oshiriladi.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temiryo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olish mumkin.