Rossiyaning Ukrainaga qarşi keng kölamli uruşi boşlanganidan beri deyarli bir million rossiyalik Yevropa ittifoqiga keldi. Bunday ma’lumotlar 25 avgust, payşanba kuni dpa agentligi tomonidan Yevropa çegara va sohilni qöriqlaş agentligi Frontex’ga tayanib keltirildi. 

24 fevraldan 22 avgustgaça 998 085 nafar Rossiya fuqarosi Yevropa ittifoqi çegaralarini kesib ötdi, dedi Frontex vakili dpa’ga. Şu bilan birga, 16 avgustdan 22 avgustgaça bölgan davrda Yevropa ittifoqiga kiruvçi rossiyaliklar soni avvalgi haftaga nisbatan biroz kamaydi. 

Ukrainada davom etayotgan uruş fonida tobora köproq Yevropa davlatlari Rossiya fuqarolari uçun Şengen vizalarini berişni bir tomonlama çeklamoqda. Bunday çoralar allaqaçon Estoniya, Latviya, Litva va Çexiya tomonidan amalga oşirilgan. Finlandiya sentabr oyida buni joriy etişni rejalaştirmoqda, Polşa ham bunday imkoniyatni körib çiqmoqda. Daniya rossiyaliklar uçun vizalar böyiça umumevropa qarorini talab qilmoqda, aks holda u ham mustaqil qaror qabul qilişi haqida ogohlantirmoqda. 

Şu bilan birga, Yevropa ittifoqining ba’zi davlatlari Rossiya fuqarolariga turistik vizalar berişni taqiqlaş ğoyasini qöllab-quvvatlamadi. Germaniya kansleri Olaf Şols uruşga qarşi bölgan ruslar öz vatanlarini tark etişi kerakligini aytdi. Bundan taşqari, xuddi şunday pozitsiyani Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel ham bildirgan.