Joriy yilning 26 avgust kuni taxminan soat 20:30 larda Mirzo Uluğbek tumani, Özbekiston ovozi köçasidagi avtomobillar yuviş şoxobçasi oldida fuqarolar örtasida mojaro yuz bergan.

Qayd etilişiça, 2003 yilda tuğilgan T.T. va voyaga yetmagan 2006 yilda tuğilgan A.A. özaro oğzaki janjallaşgan. Şu yerda bölgan boşqa fuqarolar ularni ajratgan. Janjal natijasida tan jarohati olganlar yöq.    

Mazkur holat yuzasidan Mirzo Uluğbek tumani IIO FMB tomonidan tekşiruv ötkazilmoqda.