Andijon şahrida özaro janjallaşib, fuqarolarning tinçligini buzgan 7 nafar ayolga beş sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Ma’lum qilinişiça, 30 iyul kuni şahardagi köp qavatli uylardan birining hududida bir guruh ayollar janjallaşayotgani haqida 102 raqami orqali içki işlar organlariga xabar kelib tuşgan. Xabarga asosan voqea joyiga yetib borgan içki işlar xodimlari tomonidan ayollar özaro baqir-çaqir qilib janjallaşayotgani hamda atrofdagi fuqarolarning osoyiştaligini buzayotgani aniqlangan.
Ular içki işlar binosiga olib kelingaç, bu yerda ham xodimlarning qonuniy talablariga böysunmasdan, özaro haqoratli va uyatli sözlar bilan janjalni davom ettirgan.
Tergovga qadar tekşiruv davomida aniqlanişiça, janjalning kelib çiqişiga Instagram tarmoği orqali boşlangan özaro haqoratlar sabab bölgan.
Holat böyiça töplangan hujjatlar jinoyat işlari böyiça Andijon şahar sudiga yuborilgan.
Jinoyat işlari böyiça Andijon şahar sudining qaroriga köra, huquqbuzarlik sodir etgan yetti nafar ayolning har biriga nisbatan beş sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

















