Ta’kidlanganidek, Farğona viloyati şahar va tumanlari çegaralarida muammoli masalalar mavjud bölib, bu uşbu hududlarda istiqomat qilayotgan aholiga turli noqulayliklar va qiyinçiliklarni kelib çiqarmoqda.
Farğona viloyati Qöqon, Marğilon va Farğona şaharlari tarkibidagi hududlarda yaşovçi aholi aksariyat qismi şaharlardagi ijtimoiy soha (maktab, boğça, kasalxona) muassasalariga qatnaşiga töğri kelmoqda.
Muhandislik-kommunikatsiya tizimlari, elektr tarmoqlari, tabiiy gaz, içimlik suvi ta’minoti şaharlar hududidan tortilgan bölib, Qöqon, Marğilon va Farğona şaharlari tarkibiga ötkazilayotgan hududlarga uşbu korxonalar tomonidan xizmat körsatilmoqda.
Qöqon, Marğilon va Farğona şaharlarida aholi juda ziç joylaşgani sababli, şaharlarni rivojlantiriş, ular hududini yanada kengaytirişda muammoli masalalar yuzaga kelmoqda.
Dastlabki muhokamalar jarayonida Farğona viloyati Özbekiston, Danğara, Uçköprik tumanlaridan jami 2,6 ming gektar yer maydoni Qöqon şahri tarkibiga, Farğona, Qöştepa, Toşloq tumanlaridan jami 1,1 ming gektar yer maydoni Marğilon şahri tarkibiga, Farğona tumanidan 812 gektar yer maydoni Farğona şahri tarkibiga ötkazilişi kutilayotgani aytib ötildi.
Bundan taşqari, majlisida “Namangan viloyati Töraqörğon tumani va Namangan şahri Davlatobod tumani, Namangan şahri çegaralarini özgartiriş töğrisida”gi masalasi ham muhokama qilindi.
Unda Namangan viloyati Töraqörğon tumanidan 472,2 gektar yer maydonini Namangan şahri Davlatobod tumani tarkibiga ötkaziş va ötkazilgan yer maydoni hududida “Yangi Namangan şaharçasi” kompleksini barpo etiş taklifi ilgari surildi.
Barpo etilayotgan şaharça hududida turar joy, ijtimoiy obektlari, oliy ta’lim muassasasi, biznes-markazlari, kinoteatr, madaniyat markazi, mehmonxona, IT park, san’at galereyasi hamda 68 gektar maydonda “Yangi Özbekiston” boği barpo etiladi.
Majlis sönggida qömita tegişli qarorlari qabul qilindi.












