Qayd etilişiça, kelgusi 5 yilda Xorazm viloyatida yangi mehmonxona va oilaviy mehmon uylari taşkil etilib, xorijiy turistlar soni 10 barobar oşiriladi, ya’ni yarim milliongaça yetkaziladi.
“Oçiq osmon ostidagi muzey” nomini olgan Xiva şahriga temiryöl yetib bordi va yangi vokzal işga tuşirildi. 2024 yilda esa tezyurar poyezdini Xivaga olib kelişni reja qilingan.
“Tulpor kabi uçqur, tezyurar poyezdga Jaloliddin Manguberdi nomini bersak, öylaymanki, sizlar ham bu taklifni qöllab-quvvatlaysizlar”, dedi davlat rahbari.
Şuningdek, Urganç va Xiva şaharlari örtasidagi avtomobil yöli böyida 100 dan ziyod zamonaviy servis obektlari barpo etiladi.
Vohada mahalliy va çet ellik sayyohlar uçun jozibador “Xorazm” turistik brendini yaratiş böyiça aniq reja asosida iş olib borilmoqda.
Xorazmga taşrif buyuradigan xorijiy sayyohlar sonini keskin oşiriş uçun hududlararo va xalqaro transport qatnovlarini kengaytiriş maqsadida zarur infratuzilmalar yaratiladi. Yölovçilar oqimi böyiça poytaxt aeroportidan keyingi örinda turadigan Urganç xalqaro aeroporti kelgusi 2 yilda rekonstruksiya qilinib, yirik turistik transport habiga aylantiriladi.












