Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri v.b. Vladimir Norov mamlakatda diplomatik missiyasini yakunlayotgan Amerika Qöşma Ştatlari favqulodda va muxtor elçisi Deniyel Rozenblyumni qabul qildi.
V.Norov elçini Özbekiston prezidenti farmoniga köra «Döstlik» ordeni bilan taqdirlangani yuzasidan tabrikladi. Bu uning Özbekiston-Amerika strategik şeriklik munosabatlarini qöşgan hissasi yuqori baholanganidan dalolat beradi.
D.Rozenblyum AQŞ hukumati Özbekistonda amalga oşirilayotgan jadal özgarişlar siyosatini har tomonlama qöllab-quvvatlaşini qayd etdi.
Özbekiston-AQŞ Strategik şeriklik muloqoti doirasida qator tadbirlar muvaffaqiyatli ötkazilgani e’tirof etildi. Özbekiston va Qöşma Ştatlari ilgari erişilgan kelişuvlar töliq ijrosi yuzasidan birgalikda işlaşga tayyorligi tasdiqlandi.
Ikki tomonlama darajada va «S5+1» şaklidagi bölajak uçraşuvlar jadvali böyiça fikr almaşildi.
Elçi Özbekistonga mamlakatda diplomatik faoliyatini amalga oşirişda har tomonlama qöllab-quvvatlagani va qulay şaroitlar yaratgani uçun minnatdorçilik bildirdi. Qanday lavozimni egallaşidan qat’iy nazar Özbekistonning dösti bölib qolişini ta’kidladi.
Bundan oldin Özbekiston prezidentining Afğoniston böyiça maxsus vakili Ismatulla Ergaşev mamlakatdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan AQŞ elçisi Deniyel Rozenblyum bilan uçraşgandi.












