Toşkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boşçiligidagi delegatsiya amaliy taşrif bilan Koreya Respublikasida bölib turibdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Toşkent viloyati hokimi keça Janubiy Koreya – Markaziy Osiyo hamkorlik forumi kotibiyati ijroçi direktori Li Çong Guk bilan uçraşuv ötkazdi. Muloqot davomida ikki mamlakat örtasidagi munosabatlar hozirgi kundagi darajasiga yuqori baho berildi.

Uçraşuvda tomonlar transport-logistika, qişloq xöjaligi, sanoat zonalari, soğliqni saqlaş va boşqa sohalarda yangi istiqbolli loyihalarni amalga oşiriş va mavjud loyihalarni tizimli davom ettirişga kelişib oldi.

Janubiy Koreya vakillari hozirda Özbekistonda dorivor ösimliklar, tibbiyot, baliqçilik va sanoatni rivojlantiriş sohalarida loyihalar amalga oşirayotgani haqida ma’lumot berildi.

Tomonlar hamkorlikni davom ettiriş va yangi istiqbolli loyihalarni amalga oşiriş yöllarini birgalikda körib çiqişga tayyorligini bildirdi.