“Zamin” fondi Vasiylik kengaşi raisi Ziroat Mirziyoyeva öz kiriş sözida şunday dedi:
— Sayyoramiz kelajagi – hammamizniki, demak, atrof-muhit holatiga har birimiz javobgarmiz, özimizdan boşlab xususiy sektorgaça, jamoat taşkilotlaridan hukumatlargaça – hammamiz birgalikda iş olib borişimiz şart.
Bu borada amallarning katta-kiçigi yöq, atrof-muhit uçun barça harakatlar: ösimliklarga zarar yetkazmaslik yoki kiçik daraxt ekiş ham, katta korxonalarda çiqindilarni kamaytiriş ham öta ahamiyatli.
“Zamin” fondi va Özbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan “Atmosfera havosi ifloslanişi monitoringini avtomatlaştiriş” loyihasini amalga oşiriş doirasida erişilgan natijalar taqdimot qilindi. Ularning eng asosiylari:
- “Özgidromet”ning havo ifloslanişini kuzatiş maskanlari (jami 63 ta) va 17 ta hududiy laboratoriyasi yagona tahlil markaziga birlaştirildi.
- Ma’lumotlarni töplaş va e’lon qiliş uçun barçaga oçiq bölgan AirUz platformasi (monitoring.meteo.uz veb-sayti va AirUz mobil ilovasi) yaratildi.
- Toşkentda yetakçi Horiba kompaniyasining 2 ta atmosfera havosi ifloslanişini monitoring qiliş avtomatik stansiyasi örnatildi. Stansiyalarning barça ma’lumotlari IQAir xalqaro platformasiga integratsiya qilindi.
- Havo ifloslanişini monitoring qilişning beşta xalqaro standarti uyğunlaştirildi va joriy qilindi.
- “Özgidromet”ning 50 nafardan ziyod xodimi havo monitoringi böyiça zamonaviy axborot tizimlaridan foydalaniş va avtomatik stansiyalarni ekspluatatsiya qilişga öqitildi.
Yaqin istiqbolda Nukus, Urganç, Samarqand, Jizzax va Gulistonda bittadan havo sifatini monitoring qiliş avtomatik stansiyasini örnatiş rejalaştirilgan, ularning ma’lumotlari ham IQAir bilan integratsiya qilinadi.
Xorijiy mutaxassislar iştirokida mintaqamizning tabiiy-iqlim xususiyatlarini hisobga olgan holda RM2,5 va PM10 havoni ifloslantiruvçi moddalarning konsentratsiyasiga doir milliy me’yorlar işlab çiqilmoqda.
Tadbirda ta’kidlanganidek, butun mamlakat böylab havo monitoringining tölaqonli avtomatlaştirilgan tizimining şakllantirilişi ifloslantiruvçi moddalarni qayd etiş, ularning anomal konsentratsiyalarini aniqlaş, şuningdek, tezkor bartaraf etiş uçun ifloslantiriş manbalarini topiş imkonini beradi.
Davra suhbati iştirokçilari havo sifati böyiça me’yorlarni qöllaş borasidagi xalqaro tajriba bilan tanişdilar hamda monitoring yakunida havoni nazorat qiliş çora-tadbirlarini eng namunali xalqaro amaliyotga muvofiq holda birgalikda takomillaştirişga kelişib oldilar.
PS: Mirziyoyeva Ziroát Maxmúdovna (1964 yil 4 dekabr kuni tuğilgan, Qöqon şahri, Farğona viloyati, Özbekiston SSR) – jamoat arbobi, muhandis-iqtisodçi, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Miromonoviç Mirziyoyevning rafiqasi.
Ziroat Mirziyoyeva 1964 yil 4 dekabr kuni Farğona viloyati Qöqon şahrida tuğilgan. 1986 yilda Toşkent irrigatsiya va melioratsiya institutini (hozirda “Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti) muhandis-iqtisodçi ixtisosligi böyiça tamomlagan. Özbek, rus va ingliz tillarini biladi. Ikki nafar qizi va bir nafar öğli bor. Mumtoz va milliy musiqani xuş köradi, tarix bilan qiziqadi.
2020 yildan buyon Özbekistonda oçiq va inklyuziv muhitni yaratiş orqali aholining yordamga muhtoj qatlamlarini ijtimoiy himoya qiliş, soğliqni saqlaş va ta’limni rivojlantiriş masalalari böyiça qator xayriya loyihalarini amalga oşirayotgan “Zamin” xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengaşi raisidir.
Fond faoliyatining ustuvor yönalişi atrof-muhitni muhofaza qilişdan iborat. Kökalamzorlaştiriş, havo sifati monitoringini avtomatlaştiriş, tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş, yoşlar orasida ekologik ta’limni rivojlantiriş, olis hududlarda toza içimlik suvi bilan ta’minlaş kabi masalalar böyiça loyihalar amalga oşirilmoqda.
Ijtimoiy va ekologik sohalardagi dolzarb masalalarga köproq e’tibor qaratiş maqsadida ham milliy, ham xalqaro darajada qator tadbirlarni ötkazmoqda.












