O‘zbekiston | 12:16 / 08.09.2022
3241
1 daqiqa o‘qiladi

Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilganlarga subsidiya beriladi 

Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga har bir xodim uchun 450 ming so‘m miqdorida subsidiya beriladi.

Bunda, ish beruvchi nogironligi bo‘lgan shaxsni ishga qabul qilgandan keyin subsidiya olish uchun tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markaziga zarur hujjatlarni ilova qilgan holda murojaat qiladi.

Tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazi hujjatlarni 3 ish kunida o‘rganib chiqadi va o‘rganish natijalariga ko‘ra, subsidiya ajratish (ajratishni rad etish) to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, subsidiya har oy uchun keyingi oyda (6 oy davomida) ish beruvchiga to‘lab beriladi.  

Har oy yakunida ishga qabul qilingan nogironligi bo‘lgan shaxslar haqiqatdan ishlayotgani monitoring qilib boriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid