Xalq ta’limi vazirligi mutaxassislari köpçilik muhokamasida bölgan bitta sinfda neça nafar öquvçi öqişiga ruxsat berilgani va bu ta’lim sifatiga qanday ta’sir qilişi haqida ma’lumot berdi.

Vazir örinbosari Temur Komilovga köra, amaldagi qonunçilikda bitta sinfda öquvçi maksimal 35 nafardan ortmasligi kerak. Oldingi yillarda bu norma buzilgan bölişi mumkin, lekin endilikda elektron raqamlaştiriş tizimi orqali tartibga solingan.

Vazir örinbosarining gapiga Xalq ta’limi vazirligi moliya departamenti direktori Ilhom Sirojyev qöşimça qildi. Unga köra, ayrim hollarda sinflarda öquvçi soni 35 nafardan kam ham bölib, xonalar ham kamroq sinf öquvçisiga moslaştirilgan.

“Olis hudud va moslaştirilmagan binolarda şunaqa holatlar mavjud. Bu yil bir sinfga 35 nafardan ortiq öquvçi qabul qilinmagan, lekin oldingi yillari bundan köp öquvçilar bölgan. Bu 1-sinfdan 35talik me’yorga tuşadi”, – dedi Sirojyev.

XTV ötkazgan tadbir davomida vazir örinbosari Temur Komilov sinfdagi öquvçilar soni öqiş sifatiga ta’siri qay darajada ekanligiga ham töxtaldi. U 45 minutni 25 öquvçiga bölganda ham 2 minutdan töğri kelmasligini aytdi.

“Mana amaldagi öquv dasturida har bir bolaga individual ajratişga 15 kişi bölsa ham vaqt yetmaydi. Şleyxer tadqiqotlarida ham ta’lim sifati asosan sinfdagi öquvçilar soni bilan töğri korellyatsiyada emasligi ta’kidlangan”, – dedi u.

XTV ta’lim sifatini oşiriş jarayonlarini muvofiqlaştiriş departamenti direktori Laziz Xöjaqulov zamonaviy ta’limda öquvçining soni ta’lim sifatiga ta’sir qiluvçi yagona omil emasligini tadqiqotlar misolida tuşuntirdi.

“Sinfdagi öquvçilar soni böyiça xalqaro me’yor degan narsa yöq. Bu PISA tadqiqotlari böyiça örganilgan. Bu tadqiqotlar dunyoda ta’lim sifatini baholaş böyiça tan olingan. Tadqiqotlarda şu narsa körindiki, BAA kabi boy mamlakatda 22-24 kişi bir sinfda öqiydi. Lekin şu bilan bir qatorda natija nuqtai nazaridan 42-43 kişi ötiradigan Vetnam bor. Lekin Vetnamning natijalari PISA böyiça BAAdan yuqori. Oldin pedagogikada öqituvçi markaz degan tuşunça bor edi. Hozir öqituvçi markaz emas. Öqituvçi öqişga yordam beruvçi inson”, – dedi Xöjaqulov.

Uning gapini Abdulla Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti direktori Ayubxon Radjiyev sinf öquvçilari soni böyiça dunyo davlatlaridagi holat bilan soliştirdi. Unga köra, dunyoning 27 mamlakatida bitta sinfda 40dan oşiq bola ötiradi. Yana 27 davlatda bir sinfda 30-39 nafar bola öqiydi. Ular qatorida Yaponiya ham bor.

“Ta’lim sifatiga ta’sir körsatadigan faktorlar faqat bola soni emas. Balki katta qismi, mazmun bilan unga yetkazib berilayotgan mutaxassisning mahorati, ya’ni metodologiyaga köproq boğliq böladi. Dunyoda 200ga yaqin davlat böladigan bölsa, şundan 54tasida 40nafargaça bola ötiradi. Va ulardan Yaponiya, Koreya, Xitoy mamlakatlari natijalarini ta’lim sifati nuqtai nazaridan oladigan bölsak, xalqaro tadqiqotlarda havas qiladigan darajada”, –dedi Ayubxon Radjiyev.