Qonunda asosiy tuşunçalar qatoriga axloqsiz reklama, nomaqbul reklama, rağbatlantiruvçi aksiya kabi yangi tuşunçalar kiritildi.
Özbekistonda reklama davlat tilida tarqatilişi va reklama mazmuni boşqa tillardagi tarjimasi matni davlat tilidagi asosiy ma’nosini buzib körsatmasligi kerak.
Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi huzuridagi Iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş agentligi reklama aylanişi sohasida vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Davlat mulki bölgan yer uçastkalari, bino va inşootlarga taşqi reklama va axborot obektlarini (konstruksiyalarini) örnatişga bölgan huquq yagona elektron savdo maydonçasi orqali oçiq elektron auksionlar asosida 5 yil muddatga beriladi.
Quyidagilar taqiqlanadi:
- ona suti örnini bosuvçi mahsulotlarni reklama qiliş;
- ta’lim muassasalarida foydalaniladigan bosma naşrlar (darsliklar, kundaliklar, daftar va boşqalar)da tovarlarni reklama qiliş;
- narxlarni (tariflarni) çet el valutasida körsatiş;
- bolalarni ular soğliğiga zarar yetkazuvçi axborotdan himoya qiliş töğrisidagi qonunçilikda nazarda tutilgan hollarda axborot mahsulotini yoş tasnifini körsatmasdan reklama qiliş;
- milliy va oilaviy an’analarga, axloq va ma’naviyat umum qabul qilingan normalariga zid bölgan şakllar, iboralar va obrazlardan foydalaniş;
- energetik içimliklar reklamasini soat 7:00 dan soat 22:00 gaça televideniye va radio orqali reklama qiliş;
- tamaki mahsulotlarini hamda tamakini va nikotinni iste’mol qiliş moslamalarini reklama qiliş.
Dori vositalarini reklama qilişda taniqli şaxslar, tibbiyot xodimlari yoki taşqi körinişi şifokorlar taşqi körinişiga öxşaş şaxslar iştirok etişi taqiqlanadi.












