Qayd etilişiça, bugungi kunda Namangan şahar aholisi 670 ming kişini taşkil etmoqda. Şaharda bir yilda aholi örtaça ösişi 30,3 ming kişini taşkil etişi hisobga olingan holda, 2040 yilga kelib aholi soni tabiiy ravişda 1,2 mln kişiga yetişi kutilmoqda. Namangan şahri ösib borayotgan aholisi ehtiyojlarini qondiriş maqsadida prezidentning “Namangan şahrida “Yangi Namangan şaharçasi” zamonaviy işbilarmonlik markazi va turar joylar kompleksini barpo etiş töğrisida”gi qarori qabul qilindi.

Namangan viloyati Töraqörğon tumanidan 472,2 gektar (şundan 276 gektar qişloq xöjaligi yerlari) yer maydonini Namangan şahri Davlatobod tumani tarkibiga ötkaziş va ötkazilgan yer maydoni hududida “Yangi Namangan şaharçasi” kompleksini barpo etiş taklifi ilgari surildi. Şaharçani bunyod etiş uçun aynan şu hudud tanlanişiga hudud öziga xos salqin iqlimi, “Namangan” xalqaro aeroportiga yaqinligi, viloyatni Toşkent şahri bilan boğlovçi 4R-112 yöli yoqasida joylaşgani hamda eng oxirgi me’moriy yeçimlar yordamida quriladigan şaharça viloyat ma’muriy markaziga kiraverişda mehmonlar uçun alohida kayfiyat bağişlaşi, hududda tabiiy gaz, elektr energiyasi, oqova suv tarmoği hamda aloqa liniyasi kabi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari mavjudligi kabi qator sabablar keltirilgan.

Namangan viloyati Töraqörğon tumani va Namangan şahri Davlatobod tumani, Namangan şahri çegaralarini özgartiriş töğrisidagi masala Senat qömitasi tomonidan tuzilgan işçi guruh tomonidan atrofliça örganildi. Masala xalq deputatlari Davlatobod va Töraqörğon tumanlari hamda Namangan viloyati kengaşlari tegişli qarorlari bilan ma’qullangan.
Senatorlar tomonidan tegişli qaror qabul qilindi.












