Ramzan Qodirov özining Telegram-kanalida Xarkivni tark etgan Rossiya harbiylari manziliga yoğdirilayotgan tanqidlarga javoban video e’lon qildi. U Rossiyadagi partiya yetakçilarining sözlarini qöllab-quvvatlagan holda Ukrainada uruş ketayotganini aytdi va unda ğolib böliş uçun mobilizatsiya (erkaklarni yoppasiga uruşga safarbar etiş) kerakligini aytdi.
Postga ilova qilingan matnda Qodirovning sözlari özgartirilgan va qisqartirilgan holatda keltirilgan.
«Feyk va ğiybatlar şunçalik köpki. Ba’zi fuqarolar esa ularga işonib qolmoqda. Ustiga ustak senga qarşi AQŞ va Britaniya boşliq önlab davlatlar qarşi çiqib turganda. Ukrainada töliq mobilizatsiya ketmoqda, umrida avtomat körmagan qişloq odamlari terib ketilmoqda.
Agar mendan söraydigan bölişsa, vaziyat kunday ravşan. Qömondonlarimizning kayfiyatlari jangovar, lekin «maxsus harbiy amaliyot» (Rossiyada uruşni şunday ataşadi) allaqaçon harbiy harakatlarga aylanib ketgan. Menga qolsa, allaqaçon aholini harbiy holat va mobilizatsiya e’lon qilinişiga tayyorlagan, barçasi tezroq tugaşi uçun bor imkoniyatdan foydalangan bölardim», deydi Çeçeniston rahbari.
Qodirovning aytişiça, bu sözlarni Çeçeniston rahbari sifatida emas, oddiy vatanparvar hamda köngilli sifatida aytgan. Uning sözlariga köra, Ukrainaga ular kutganidan köproq yordam berilgan. Qodirov Rossiya Xerson va Xarkivni olgani, bu juda katta hudud ekani, hozir armiyaga barça hududlar yordam berişi kerakligini ta’kidlagan.
«Mobilizatsiyani kutib ötiriş ham şart emas, regionlar özlarida bor kuç va mablağlarni berişi, qölidan keladigan yordamni taklif etişi kerak. Gapiriş, harf terişdan osoni yöq, lekin iş boşqa masala. «Maxsus harbiy amaliyot»ning borişi bizni qanoatlantirmayotgan bölsa-da, biz özimiznikilarni qöllaşimiz kerak.
Biz NATO bilan kuraşyapmiz, «maxsus harbiy amaliyot» yakunlansa ham, bizning bu şaytonlar bilan uruşimiz tugamaydi. Biz ortga çekiniş uçun uruş boşlaganimiz yöq. Prezidentning qarorini kutamiz», degan Qodirov.
U Rossiya çekinayotgani haqida gaplar Ğarbning uydirmasi ekanini aytib, taktika va strategiya degan narsalar borligini eslatgan.
«Harbiy akademiyani tamomlagan generallarimiz harbiy işning nozikligini yaxşi tuşunadi. Ular duşmanga faqat bizga qulay bölgan narsalarni berişadi», degan Çeçeniston rahbari.
Rossiyada Ukrainada bölayotgan uruşni uruş deb ataş taqiqlangan, uni «maxsus harbiy amaliyot» deb ataşadi. Ammo oxirgi vaqtlarda Rossiya frontda muvaffaqiyatsizlikka uçraşi fonida yuqori minbarlarda ham Ukrainada uruş ketayotgani haqida gapira boşlaşdi. «Spravedlivaya Rossiya» partiyasi yetakçisi Sergey Mironov siyosiy partiya yetakçilari orasida birinçi bölib Ukrainada uruş ketayotgani, avvaliga «maxsus harbiy amaliyot» boşlangani, endi esa NATO bilan uruş ketayotganini ta’kidladi. U Rossiya tezroq budjet va iqtisodiyotni mobilizatsiya qilişi kerakligini aytib, Ukrainadagi ijtimoiy infratuzilmalar: temiryöllar, köpriklar va tunnellarni yöq qilişga çaqirdi.
Kommunistik partiya yetakçisi Gennadiy Zyuganov ham umummilliy safarbarlik boşlaşga çaqirdi va yanada keskinroq bayonot berdi.
«Maxsus harbiy amaliyotning uruşdan qanday farqi bor? Harbiy operatsiyani istalgan vaqtda töxtata olasiz, uruşni esa yöq. U yoki ğalaba yoki mağlubiyat bilan tugaydi. Hozir vahima qiliş kerak emas, mamlakatda töliq mobilizatsiya ötkaziş kerak. Hozir boşqaça qonunlar kerak», dedi kommunistlar yetakçisi.
Keyinroq Kommunistik partiya axborot xizmati Zyuganov aslida iqtisodiy mobilizatsiya haqida gapirganini aytib bayonot berdi.
Ukraina boş vaziri örinbosari Olga Stefanişinaning aytişiça, oxirgi kunlarda rossiyalik siyosatçilar ukrainalik hamkasblari bilan muzokaralarni tiklaş böyiça köp marta boğlanişga harakat qilgan. Uruşni tugatişning yöllaridan biri esa aynan muzokaralardir.
- Ma’lumot uçun, sentabr oyiga kelib frontda jiddiy özgarişlar kuzatildi. Ukraina Rossiya bilan çegaradagi Xarkiv viloyatini deyarli töliq ozod qildi. Kupyansk va Izyum kabi strategik muhim şaharlarning qölga kiritilişi frontda jiddiy özgariş yasadi. Şuningdek, Ukraina Xerson yönalişida ham keskin qarşi hujumga ötgan. Ukraina 6 ming kvadrat kilometrdan ortiq hududdagi yuzlab aholi yaşaş manzillarini qaytarib oldi. Ğarb ekspertlari bu Ukraina frontda ustunlikni qölga olganini anglatişi va bu holat uruşda buriliş nuqtasi bölişi mumkinligini taxmin qilişmoqda.













