Tavsiya quyidagilarga beriladi: Özbekistonda axborot texnologiyalari sohasini rivojlantiriş uçun investitsiya kiritayotgan xorijiy investorga; axborot texnologiyalari sohasida oxirgi 12 oyda yillik daromadi 30 ming AQŞ dollari ekvivalentidan kam bölmagan xorijiy mutaxassisga; Texnopark rezidentlari ta’sisçisi (iştirokçisi)ga.
Ariza beruvçi tavsiya oliş uçun arizani veb-portal (www.it-visa.uz) orqali Texnopark direksiyasiga yuboradi. Arizaga ariza beruvçi va uning oila a’zolariga (turmuş örtoği, ota-onasi, farzandlari) tegişli pasport nusxalari, ariza beruvçi fotosurati hamda tegişli hujjatlar ilova qilinadi.
Ariza va boşqa hujjatlar kelib tuşgan kundan boşlab 30 kundan oşmagan muddatda direksiya tomonidan körib çiqiladi. Direksiya ariza kelib tuşgan kundan boşlab 1 kunda taqdim etilgan hujjatlarni tekşiradi.
Ariza beruvçiga quyidagi hollarda tavsiya berişni rad etiş töğrisida xulosa beriladi: ariza beruvçi tomonidan Özbekistonda böliş qoidalari buzilgani aniqlanganda; ariza beruvçi nizomda nazarda tutilgan şaxslar toifasiga kirmasa; ariza beruvçi nizomda belgilangan tavsiya beriş uçun talablarga javob bermasa.
Ariza beruvçiga tavsiya beriş rad etilganda, u direksiyaga rad etiş uçun asos bölgan kamçiliklarni bartaraf etgan holda tavsiya oliş uçun qayta murojaat qilişi mumkin. Tavsiya oliş uçun arizalarni körib çiqiş, tavsiya beriş va uning muddatini uzaytiriş bepul amalga oşiriladi. Tavsiya ekspert guruhi xulosasi asosida 3 yildan ortiq bölmagan muddatga beriladi.












