AQŞ harbiylari Xitoy bostirib kirgan taqdirda Tayvanni himoya qiladi. Buni AQŞ prezidenti Jo Bayden 18 sentabr, yakşanba kuni keçqurun CBS telekanali saytida e’lon qilingan «60 soniya» dasturiga bergan intervyusida tasdiqladi.

«Xitoy raisi Si Jinping Tayvanga bölgan sadoqatingiz haqida nimani bilişi kerak?» – deb söradi boşlovçi Skott Pelli Amerika davlati rahbaridan. «Biz uzoq vaqt oldin imzolagan narsaga rozi bölamiz, - dedi prezident, - Yagona Xitoy siyosati mavjud, Tayvan esa öz mustaqilligi töğrisida qaror qabul qiladi. Biz harakat qilmayapmiz, ularning mustaqilligini rağbatlantirmayapmiz. Bu ularning qarori». 

AQŞ öz qöşinlarini orolni himoya qiliş uçun yuboradimi, degan savolga prezident: «Ha, agar haqiqatda misli körilmagan hujum bölsa», deb javob qaytardi. «Demak, Ukrainadan farqli ölaroq, oydinlik kiritiş uçun, ser, — deb qayta söradi boşlovçi. — Xitoy bostirib kirsa, AQŞ qöşinlari, amerikaliklar Tayvanni himoya qiladimi?». Jo Bayden bu savolga şunday javob berdi: «Ha». 

Intervyudan söng Oq uy vakili AQŞning Tayvanga nisbatan siyosati özgarişsiz qolişini aytdi. 1979 yilda Vaşington Pekinni Xitoyning yagona vakili sifatida tan olib, Tayvan bilan diplomatik munosabatlarni rasman tugatgan. Şu bilan birga, Xitoy materik qismi AQŞning eng yirik savdo şeriklaridan biriga aylandi. 

CBS saytida tuşuntirilişiça, «AQŞ qöşinlari Tayvanni himoya qiladimi yoki yöqmi, rasman AQŞ «strategik noaniqlikni» saqlayapti, ammo Tayvan bilan munosabatlar töğrisidagi qonun AQŞni Tayvanni özini himoya qiliş uçun jihozlaşda yordam berişga majbur qiladi». 

2022 yil may oyida Yaponiya boş vaziri Fumio Kisida bilan qöşma matbuot anjumanida Bayden Qöşma Ştatlar Tayvanni harbiy jihatdan himoya qilişga tayyormi, degan savolga ham ijobiy javob bergandi. Şundan söng, Oq uy AQŞ prezidenti orolning özini himoya qiliş uçun qurol yetkazib berişni nazarda tutganini körsatib, tuşuntirişlar berdi. 

Sentyabr oyi boşida AQŞ Davlat departamenti Tayvanga 1,1 milliard dollardan ortiq qurol yetkazib beriş böyiça kelişuvni ma’qulladi. Şundan söng, Xitoy konsulligi matbuot xizmati bir qator tvitlarida bu kelişuv «Tayvan mustaqilligi tarafdori bölmiş ayirmaçi kuçlarga yolğon signallar yuborişi va AQŞ-Xitoy munosabatlariga, şuningdek, Tayvan böğozidagi tinçlik va barqarorlikka xavf tuğdirişi»ni ta’kidladi.